Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Ronald Kuman: «Barsa» bir tekis o‘yin ko‘rsata olmadi»

Ronald Kuman: «Barsa» bir tekis o‘yin ko‘rsata olmadi»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya La ligasining 14-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Valensiya»ga qarshi o‘yin (2:2) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Qiyin o‘yin bo‘ldi. Biz hisobda oldinda borayotib vaziyatdan chiqib ketdik, ammo bahs oxiriga qadar konsentrasiyani saqlab qolishimiz kerak. Bizda vaziyatlar bo‘ldi, ammo e’tibor yetishmadi.

Raqib yaxshi himoyalandi. Biz ikkinchi bo‘limda bahs taqdirini hal qilishga harakat qildik, lekin ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘lmadik. Biz bir tekis o‘yin namoyish eta olmadik, xavfli hududlarda to‘pni yo‘qotdik.

Muammo ishga bo‘lgan munosabatda bo‘ldi, deb o‘ylamayman. Biz odatdagidek o‘yin namoyish eta olmadik, to‘pni ko‘p yo‘qotdik. Jamoada qandaydir shubha bor edi. Bunga yosh futbolchilarning hali ulg‘aymagani ham qisman ta’sir qilmoqda.

Bugun durang o‘ynaganimiz asosiy muammo emas. Biz bungacha 4-5ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragandik, durang esa vaziyatni murakkablashtirdi.

De Yong kecha mashg‘ulot paytida o‘zini noqulay his qilgandi, shuning uchun uni ilk daqiqalardan emas, tanaffusdan keyin maydonga tushirdim. Buskets yomon o‘ynagani uchun emas, o‘yinga o‘zgartirish kiritish maqsadida uning o‘rniga Frenkini tushirdim», – dedi Kuman.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:23, 20.12.2020.
O'qildi: 3122 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.