Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

APL. «Tottenxem» «Lester»ga yutqazib, 4-o‘ringa tushib ketdi (videosharh)

APL. «Tottenxem» «Lester»ga yutqazib, 4-o‘ringa tushib ketdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 14-turi doirasida «Tottenxem» o‘z maydonida «Lester»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat 41-daqiqada yuzaga keldi. Burchakdan yetkazilgan uzatmaga Keyn 5-6 metrlardan zarba berdi. To‘p esa shundoqqinga to‘sin ustidan o‘tib ketdi. Taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa hakam VAR yordamida "Tottenxem" darvozasi tomon penalti belgiladi. Jeymi Vardi undan samarali foydalanib, hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Jeyms Meddison "Lester"ning ikkinchi golini urgandi, ammo VAR ofsaydni qayd etdi va golni bekor qildi. Bahsning 60-daqiqasida esa "tulkilar" baribir ikkinchi golni urishdi. Olis masofadan yetkazilgan to‘pga Vardi bosh bilan zarba berdi. To‘p esa Tobi Alderveyreldning boshiga tegib, to‘rga borib tushdi.

O‘yinning 72-daqiqasida Son Xyong Min hisobni qisqartirishi mumkin edi. Ammo yaqin masofadan yo‘llangan zarbani Shmeyxel qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Lester" o‘z ochkolarini 27taga yetkazib, "Tottenxem"ni quvib o‘tgan holda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Shporlar"  esa ketma-ket ikkita mag‘lubiyatdan 4-pog‘onaga tushib qoldi.

Angliya premyer-ligasi, 14-tur
Tottenxem – Lester 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 45, penalti Vardi, 0:2 – 59, avtogol Alderveyreld.
Tottenxem – Lyoris, Alderveyreld, Regilon, Orye (Uinks, 64), Dayer, Lo Chelso (Lukas Moura, 49), Sissoko, Xeybyerg, Ndombele (Beyl, 46), Son Xin Min, Keyn.
Lester – Shmeyxel, Jastin, Evans, Fofana, Kastan (Amarti, 60), Meddison, Tilemans, Ndidi, Barns (Prat, 84), Olbrayton, Vardi (Ixeanacho, 88).
Ogohlantirishlar: Olbrayton (32), Ndidi (72), Dayer (79), Uinks (81).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:27, 20.12.2020.
O'qildi: 3124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик