Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Pele Messiga toj kiydirdi! Ronaldu ro‘yxatning oxirida! Top (10)

Pele Messiga toj kiydirdi! Ronaldu ro‘yxatning oxirida! Top (10)

Baho:
+ | -4

Aslida, futbol tarixida faqat 8 ta futbolchigina faoliyati davomida 500 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Stadion.uz bir jamoa safida kiritilgan gollar borasida eng yaxshi natija ega futbolchilarni yodga oladi. Ular qatorida bugungi avlod muxlislarining ko‘p emasligi sizni hayron qoldirishi mumkin.

10 o‘rin. Krishtianu Ronaldu 450 ta gol - «Real Madrid»

Portugaliyalik futbolchi Madridda 9 mavsum to‘p surdi va 450 ta gol kiritdi. Buning uchun unga 438 ta o‘yin kifoya qildi. O‘rtacha qilib olganda, krish har yili «Real» libosida 50 ta gol kiritishni uddalagan. Endilikda, Krish yangi rekord sari odimlamoqda. Agar u «Yuventus» safida yana 19 ta gol kiritsa, yuzlik dovoni oshib o‘tadi. Bu esa, uni «Manchester Yunayted», «Real Madrid» va «Yuventus» safida 100 ta gol urgan birinchi futbolchiga aylantirishi turgan gap.

9-o‘rin. Eusebio 473 ta gol - «Benfika»

Krishni Portugaliya futbolining o‘tmishdagi super yulduzi ortda qoldirmoqda. «oltin to‘p» va «oltin butsa» egasi 473 ta gol kiritish uchun atigi 440 ta o‘yin sarf etgan xolos. Shu sababli, uni «Benfika» klubi tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblashadi.

8-o‘rin. Uve Zeeler 507 ta gol - «Gamburg»

Uve Zeeler “500 ta gol» klubining birinchi a’zolaridan sanaladi. Qahramonimiz Gamburg shahrida tavallud topdi va butun faoliyatini shu shahar klubiga bag‘ishladi. «Dinozavrlar» safida 19 ta mavsum to‘p surgan Uve atigi 2 ta sovrin yutdi xolos. Shunga qaramay, jamoasini almashtirgani yo‘q. Uning xayrlashuv uchrashuvida esa, arenaga 70 ming muxlis tashrif buyurdi. Balki, shu hurmat va e’tibor uchun u klubini almashtirishdan bosh tortgandir?!

7 o‘rin. Jimmi Jons 517 ta gol - «Glenavon»

Shimoliy Irlandiyaning Lurgan shahri sharafini himoya qiluvchi «Glenavon» jamoasi haqida eshitmagan bo‘lsangiz kerak. Sababi, bu shahar aholisi 20 ming kishini ham tashkil etmaydi. Vaholanki, 20 asr o‘rtalarida bu yerda «Glenavon» jamoasi butun mamlakat futbolining bayroqdori bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Uning boshqa futbolchilardan faqat bitta farqi bor edi. U gol kiritish uchungina maydonga tushar, hech qachon media odam bo‘lishga intilmagan. Uning bor kuchi ham aynan samimiy ekanligida bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas.

6 o‘rin. Jimmi MakGoran 522 ta gol - «Seltik»

20 asrning ilk yillarida Jimmi MakGoran shotlandiyalik futbol muxlislarining yoqimtoyi edi. 1920-30 yillar oralig‘ida hujumchi naqd 550 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Bu gollarning 522 tasi «Seltik» libosida urilgan bo‘lib, bu butun boshli Britaniya futbolidagi mutlaq rekord sanaladi.

5 o‘rin. Yozef Bisan 534 ta gol - «Slavia»

Yozef o‘zining futbolchilik faoliyatini Avstrya klublarida boshlagan bo‘lsada, unga mashhurlikni Chexiyaning «Slavia» klubi olib keldi. Qahramonimiz butun faoliyati davomida naqd 805 ta gol kiritgan. Ayrim nashrlar aynan uni futbol tarixida eng ko‘p gol kiritgan futbolchi deb hisoblaydi. Bunui Pele va uning muxlislari hali-hamon tan olishmaydi.

4 o‘rin. Fernandu Peyroteu 544 ta gol - «Sporting»

Lissaboning «Sporting» jamoasi hujumchisi bugungi ro‘yxatimizdagi uchinchi portugaliyalik futbolchi. XX asrning o‘rtalarida «sherlar» sharafini himoya qilgan hujumchi naqd 12 mavsum davomida 5 ta chempionlikni nishonlagan. Afsuski, u sog‘lig‘idagi muammolar sababli butsalarini 31 yoshda mixga ilishga majbur bo‘ldi. 60 yoshda esa, yurak hurujidan vafot edi. «Sporting» rahbarlari esa, uning abadiy xotirasi uchun xaykal bunyod etilgan.

3-o‘rin. Gerd Myuller 566 ta gol - «Bavariya»

«Bavariya» jamoasida to‘p surgan «xalq to‘purari» ortiqcha ta’rifga muhtoj emas. Myuller tug‘ma jangchi va chinakam futbol fidoyisi. U amalga oshirgan ishni Robert Levandovski qancha urinmasin takrorlay olmaydi. Balki, boshqa hech kim takrorlay olmas?!

2 o‘rin. Pele - 643 ta gol - «Santos»

Pele «Santos» jamoasi sharafini 1956-1974 yillar oralig‘ida himoya qilgan. Braziliyalik futbol qiroli naqd 50 yil davomida bu rekordni o‘ziniki qilib oldi, ammo endi chekinadigan payt yaqinlashmoqda.

1-o‘rin. Leonel Messi 643 ta gol - «Barselona»

«Valensiya»ga qarshi uchrashuvda, Leo penaltini amalga oshira olmadi, ammo ko‘p o‘tmay gol kiritdi. Bu uning faoliyatidagi eng muhim gollardan biri edi. E’tiborlisi shundaki, Messi bu ishni bosh bilan amalga oshirdi. Uchrashuvdan so‘ng, qahramonimizning manziliga tabriklar yog‘ilib ketdi. Ular orasida Pele aytgan so‘zlar barchaning e’tibor markazida bo‘ldi:

«Sen bir klub safida to‘p surish va undan lazzat olish qanchalar yoqimli ekanligini yaxshi bilasan. Xuddi sen kabi men ham bunday maroqli voqeaning shohidi bo‘lganman. Har kuni, bitta jamoa va bitta rang! Seni tarixiy voqea bilan tabriklayman. Sening o‘yinlaringdan zavq olaman leo!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 13:31, 22.12.2020.
O'qildi: 14006 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.