Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-0 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 1-1 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Bruno qanday qilib Abdulkarim bo‘ldi? Yoxud mashhur murabbiyning hidoyat yo‘li

Bruno qanday qilib Abdulkarim bo‘ldi? Yoxud mashhur murabbiyning hidoyat yo‘li

Baho:
+ | -

Bruno Metsyu fransiyalik mashhur futbolchi, yarim himoyachi. U 2002 yili Janubiy Koreya va Yaponiyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha mundialdagi ishtiroki bilan ko‘pchilikning yodida qolgan. O‘shanda u kamtargina Senegal termasiga bosh murabbiy edi. Senegal tarixida birinchi marta jamoani 1/4 finalgacha olib chiqqan, ya’ni murabbiylik mehnati foydasiga ishlagan edi.

U Senegal aholisini ikki bor xursand qilgan. Biri mundialdagi olamshumul yutug‘i bo‘lsa yana biri Islomni qabul qilgani bo‘ldi.

Bruno senegallik muslimaga ko‘ngil qo‘yadi va Islomga kirganini e’lon qilib, unga uylanadi. Undan ikki o‘g‘il, bir qiz ko‘radi. O‘z ismini Abdulkarim deb o‘zgartirgan.

1954 yil, 28 yanvarda Fransiya (Kudkerk-Villaj)da nasroniy oilada tavallud topgan qahramonimiz 2013 yil 14 oktabr kuni Senegal poytaxti Dakar shahrida 59 yoshida musulmon holda vafot etgan va "Yof" nomli musulmonlar qabristoniga ehtirom ila dafn etilgan.

O‘limi oldidan shunday degan edi:

"Afrikalik musulmonlar sabab men Allohni tanidim.

Ular bo‘lmaganda... 

Islom ne’matdir, Islom hech qachon o‘lmaydi... 

Alhamdulillah, men musulmon holda vafot etyapman..."

Abdulkarim Metsuni Alloh rahmatiga olsin.

Arabchadan Abdulatif Ataxanov tarjimasi.

Manba: azon.uz
Kiritildi: 10:04, 23.12.2020.
O'qildi: 7315 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик