Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Tennischi Temur Ismoilovning 7 yilga diskvalifikasiya qilingani yuzasidan rasmiy bayonot

Tennischi Temur Ismoilovning 7 yilga diskvalifikasiya qilingani yuzasidan rasmiy bayonot

Baho:
+ | -

Bugun ko‘plab internet saytlarida o‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilovning kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgani haqida xabarlar e’lon qilindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Temur Chingizovich Ismoilov 1995 yil 14 yanvarda tug‘ilgan. 2013 yildan to 2017 yilgacha O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. O‘sha yili oilasi bilan birga doimiy yashash uchun AQSHga ko‘chib ketganligi sababli terma jamoa safidan chiqarilgan.

T.Ismoilov haligacha AQSH fuqaroligini olmagani bois bugungacha Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) hamda professional tennischilar assosiasiyasi (ATR) tasnifiga kiruvchi musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida qatnashib kelgan.

Bugun, 2020 yil 23 dekabr kuni tennis o‘yinlarini tekshirishga mas’ul bo‘lgan Tennis Integrity Unit tashkiloti T.Ismoilovning ITF hamda ATR tasnifidagi turnirlarda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatilgani haqidagi qarorini matbuotda e’lon qildi.

Ayni paytda Temur Ismoilov tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi sifatida ro‘yxatda turmasligini ma’lum qilamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 21:38, 23.12.2020.
O'qildi: 3882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.