Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Mourinyo - Alli haqida: «Uning pozisiyasida vaziyat yaratish kerak, muammo emas»

Mourinyo - Alli haqida: «Uning pozisiyasida vaziyat yaratish kerak, muammo emas»

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya Liga Kubogi 1/4 final doirasida «Stok Siti» (3:1) ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng, jamoa yarim himoyachisi Dele Alli haqida fikr bildirdi.

Alli asosiy tarkibda maydonga tushib, 66-daqiqada zahiraga olindi. Uning ehtiyotsizligi oqibatida yo‘qotilgan to‘pdan so‘ng, «Stok Siti» qarshi hujumni boshladi va gol kiritdi.

«Mening fikrimcha, uning pozisiyasida to‘p suradigan futbolchi jamoasiga vaziyat yaratish kerak, muammo emas. Ular qarshi hujumda bizni jazolashdi, shu sababli, men haqiqatdan ham g‘azabdaman.

Birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. Raqib barcha vaqt to‘psiz o‘ynadi, darvozamiz tomon zarba bera olmadik, bitta ham burchak to‘pidan foydalanmadi. Biz esa raqibga bosim uyushtirish o‘rniga, o‘zimizga muammo ortirib oldik.

Oldimizda ikkita qiyin o‘yin kutib turibdi. Hozirda istalgan raqib bilan qiyin o‘yin bo‘ladi. Asosiysi yarim finaldamiz va kurashishda davom etamiz», – dedi Mourinyo.

Kiritildi: 01:57, 24.12.2020.
O'qildi: 3199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.