Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

Fransiya klubi uzoq muddatli "urushdan" so‘ng o‘z darvozaboni bilan shartnomani bekor qildi

Fransiya klubi uzoq muddatli "urushdan" so‘ng o‘z darvozaboni bilan shartnomani bekor qildi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «Sent-Etyen» o‘z rasmiy sayti orqali darvozabon Stefan Ruffye bilan shartnomani bekor qilganligini e’lon qildi. Mehnat shartnomasi muddati tugashidan olti oy oldin bekor qilindi.

Klub va 34 yoshli darvozabon o‘rtasidagi «urush» deyarli bir yil davom etdi. Hammasi o‘tgan yili qish mavsumida murabbiy Klod Pyuel hech qanday izoh bermasdan, Ruffye mavsum oxirigacha zaxirada bo‘lishini aytganidan boshlandi. Keyin to‘qnashuv yanada og‘irlashdi - klub futbolchini mashg‘ulotlardan bosh tortganlikda aybladi va hattoki uning agentini matbuotda gapirgani uchun sudga berdi.

Stefan Ruffye 2011 yildan beri «Sent-Etyen» tarkibida to‘p surmoqda va 383 o‘yin o‘tkazdi.

Kiritildi: 16:42, 04.01.2021.
O'qildi: 1878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.