Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Trippyer diskvalifikasiyasining tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Trippyer diskvalifikasiyasining tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Atletiko» va Angliya terma jamoasi himoyachisi Kiran Trippyer diskvalifikasiyasining tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli futbolchi Angliya futbol assosiasiyasi tomonidan 10 haftaga chetlatilib, 70 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortildi. Keyinroq FIFA ushbu qarorni to‘xtatib qo‘ydi.

"Sky Sports" tarqatgan xabarga ko‘ra, Trippyerning o‘zi pul tikmagan, ammo 2019 yilda o‘zining «Tottenxem»dan «Atletiko»ga o‘tayotgani haqidagi xabarni do‘stlariga aytib, ularning pul ishlab olishiga yordam bergan. Futbolchi WhatsApp orqali tanishlariga Madridga ko‘chib o‘tayotganini aytib, ushbu transferga pul tikishni maslahat bergan.

Natijada, Kiranning tanishlaridan biri bu transferga 10 marta pul tikkan bo‘lsa, yana ikkita tanishi ham pul ishlab olgan.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 08:09, 06.01.2021.
O'qildi: 2969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.