Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Portugaliyalik mutaxassis «Lokomotiv» (Toshkent) klubi bosh murabbiyiga aylandi

Portugaliyalik mutaxassis «Lokomotiv» (Toshkent) klubi bosh murabbiyiga aylandi

Baho:
+ | -

Shu paytgacha Portugaliyaning «Braga» klubida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan Mikael Sekeyra «temiryo‘lchilar» bilan 2 yillik bitimga imzo chekdi. 2011 yil UYEFA Pro lisenziyasini qo‘lga kiritgan mutaxassis ushbu mavsumdan «Lokomotiv» PFK bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, 47 yoshli murabbiy 2006-2008 yilgi mavsumlarda «Braga» klubining yoshlar jamoasini bosh murabbiy sifatida boshqargan. Shuningdek, 2010/2011 yilgi mavsumda klub bosh menejeri bo‘lib faoliyat yuritgan.

Mikael Sekeyra uchun Osiyo begona emas. Chunki portugaliyalik murabbiy 2018-2019 yilgi mavsumda Saudiya Arabistonining «Al Nasr» klubida U-21 jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish bilan birga asosiy tarkibda Rui Vitoriyaga yordamchi murabbiy sifatida ish olib borgan.

Murabbiy erishgan yutuqlar haqida shuni aytish mumkin, Mikael Sekeyra «Braga» bosh menejeri bo‘lib ishlagan yil jamoa Yevropa Ligasi finalida o‘ynagan. Osiyodagi faoliyatida esa «Al Nasr» bilan Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritgan, qolaversa U-21 jamoasi bilan ham mamlakat birinchiligida zafar quchgan.

«Lokomotiv» PFK Mikael Sekeyraga «temiryo‘lchilar» oilasiga xush kelibsiz deb qoladi va murabbiyning O‘zbekistondagi faoliyatiga omad tilaydi.

Kiritildi: 21:55, 07.01.2021.
O'qildi: 7543 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик