Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Ilyos Zeytullayev Shomurodovning «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi

Ilyos Zeytullayev Shomurodovning «Yuventus»ga o‘tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubining sobiq futbolchisi Ilyos Zeytullayev o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning "keksa sinyora"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

— Buni eshitib juda xursand bo‘ldim. Chunki bu O‘zbekiston uchun muhim ahamiyatga ega. Top-klublar bizning futbolchilarga qiziqayotgani haqidagi xabar har doim ham paydo bo‘lavermaydi.

Eldorga qanchalik qiyin bo‘layotganini tasavvur qilyapman. Umuman olganda, har qanday xorijlik futbolchi uchun Italiya kelib, u yerda o‘rnashib qolishi qiyin vazifa.

Har qanday qiyinchilikka qaramay Shomurodovga mashg‘ulotda va har bir o‘yinda o‘zini ko‘rsatishini tilayman. Xudoga shukrlar bo‘lsinkim, hozir u bu ishni uddalayapti. So‘nggi bahslarda u juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi formaga kirib oldi va u haqda yaxshi fikrlar gapirishyapti.

— Uning «Yuventus»ga o‘tish ehtimoli qay darajada?
— Men ekspert yoki insayder emasman, ammo o‘z tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin. «Yuventus» haqida gap chiqdimi, demak, klub haqiqatan unga qiziqqan. Axir klub hozirda Morataga o‘rinbosar qidirmoqda.

— Shomurodov A seriyaning top-klublari darajasiga chiqa olishi mumkinmi?
— Eldor — juda iqtidorli futbolchi. Agar u hozirgidek daraja ko‘rsatishda davom etsa, u top-klubda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozirda esa «Jenoa»ning asosiy tarkibidan muqim o‘rin egallab, yaxshi futbol ko‘rsatishda davom etishi kerak. Nasib qilsa, «Lasio», «Milan», «Inter» yoki «Yuventus» variantlari ham paydo bo‘ladi.

— Aka-uka agentlar — Valerio va Gabriele Juffrida Shomurodovni «Jenoa»ga nisbatan kuchliroq klubga olib o‘tishlari mumkinmi?
— Shaxsiy fikrimcha, grandlar futbolchiga qiziqish bildirayotgani — bu Eldorning mehnati. Agar futbol o‘ynashni bilmasang, eng yaxshi agentlar ham senga yordam bera olmaydi. Axir, agentlar sening o‘rningga futbol o‘ynashmaydi.

Aka-uka agentlarni shaxsan men tanimayman. Ehtimol ular yaxshi mutaxassis bo‘lib, aql bilan ish tutayotgan bo‘lishlari mumkin, ammo barcha narsa o‘yinchining o‘ziga bog‘liq.

Manba: matchtv.ru
Kiritildi: 15:39, 11.01.2021.
O'qildi: 12761 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик