Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

A seriya. «Jenoa» «Atalanta» maydonida durang o‘ynadi

A seriya. «Jenoa» «Atalanta» maydonida durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 18-turi doirasida «Jenoa» klubi Bergamo shahrida «Atalanta» klubi mehmoni bo‘lib, muhim bir ochkoni qo‘lga kiritdi.

Genuyaliklar birinchi bo‘limda kuchli raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi. Hattoki Shomurodov "Atalanta" darvozasini ishg‘ol qilish uchun 2ta imkoniyatga ega bo‘ldi. Strotmanning uzatmasidan keyin Eldor to‘pni ko‘kragi bilan qaytardi va jarima maydoni chizig‘i ustidan zarba yo‘lladi. To‘p shundoqqina ustun yonidan o‘tib ketdi.

Ikkinchi vaziyatda esa Shomurodov o‘zi hujumni boshladi va jarima maydoniga intildi. To‘p esa himoyachilar orqali uning yo‘liga keldi. O‘zbekistonlik futbolchining zarbasidan so‘ng to‘pni Gollini oyoqlari bilan qaytarib qoldi.

Gasperini jamoasi ikkinchi bo‘limda ustunlikni to‘laligicha o‘z tomonida ushlab turdi. "Jenoa" esa katta qiyinchilik evaziga durangni saqlab qoldi. Shomurodov bahs oxiriga qadar maydonda harakat qildi.  

Ushbu durangdan so‘ng "Jenoa" o‘z ochkolarini 15taga yetkazib, jadvalda 16-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Atalanta" esa 32 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi.

Italiya A seriyasi, 18-tur
Atalanta – Jenoa 0:0 (0:0, 0:0)
Atalanta – Gollini, Gozens, Toloi, Gimshiti, Xatebur (Mele, 88), Ilichich (Lammers, 88), Froyler, Malinovskiy (Miranchuk, 66), de Ron, Palomino, Sapata (Muriel, 57).
Jenoa – Perin, Dzappakosta (Ongene, 80), Krishito, Masyello (Goldaniga, 56), Chiborra, Badel, Radovanovich, Strotman (Bexrami, 56), Zays (Lerager, 46), Pyasa (Pandev, 68), Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Goldaniga (72), Dzappakosta (74), Gozens (83).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:03, 18.01.2021.
O'qildi: 3336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик