Londonning «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Kubogi doirasida «Sautgempton» (0:1) klubidan qabul qilib olingan mag‘lubiyat haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Musobaqani tark etish og‘ir. Chiqib ketganimizdan g‘azabdamiz.
Birinchi bo‘limda muammolarga duch keldik va yuqori pressing tufayli xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ikkinchi bo‘limda 2-3 ta yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik, lekin bu yetarli bo‘lmadi.
O‘yin tengkurashlar ostida o‘tdi. Ular birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Ikkinchi bo‘limda biz yaxshi o‘ynadik. Ko‘proq tashabbusga ega bo‘ldik va ko‘plab vaziyatlar yaratdik, lekin bu g‘alaba qozonishimiz uchun kamlik qildi», – dedi Arteta.