«Chelsi» klubi bosh murabbiy Frenk Lempardni iste’foga chiqardi.
42 yoshli mutaxassis 2019 yilning iyul oyida londoniklar bilan 3 yillik shartnoma imzolagan edi. Ammo joriy mavsumda jamoaning natijalari pasayib ketgani uchun rahbariyat uni iste’foga chiqarishga qaror qildi. Klub APL jadvalida 8-pog‘onani egallab turibdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, "Chelsi"ni boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida Tomas Tuxel tilga olinmoqda.