Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

OFK ayollar futboli bo‘yicha qit’a musobaqalari sanalariga o‘rgartirish kiritdi

OFK ayollar futboli bo‘yicha qit’a musobaqalari sanalariga o‘rgartirish kiritdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Osiyo futbol konfederasiyasi davom etayotgan pandemiya sharoiti va ehtimoliy xatarlarni hisobga olgan holda, bir qator musobaqalarni bekor qilishni lozim topgan edi.

Shuningdek, OFK ayollar futboli bo‘yicha o‘tkaziladigan Osiyo kubogi saralash bahslari sanalarini ham o‘zgartirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Ayollar futboli bo‘yicha 2022 yilgi U17 Osiyo chempionati saralash bahslari, avvaldan reja qilinganidek, ikki bosqichda o‘tkaziladi. Biroq saralashning 1-bosqichi 18-26 sentyabr, 2-bosqichi esa 8-12 dekabr kunlariga ko‘chirildi. Dastlabki bosqichda jami 32 jamoa vakillari 8 guruhga bo‘lingan holda, navbatdagi bosqichning 8 yo‘llanmasi uchun bellashadilar.

U17 O‘zbekiston o‘smir qizlar terma jamoasi qur’a tashlash marosimida 2-savatchadan o‘rin oladi. Mazkur bosqich uchrashuvlariga Avstraliya, Bangladesh, Iordaniya, Qirg‘iziston, Mongoliya, Myanma, Tojikistan va Vetnam mamlakatlari mezbonlik qiladi.

Qur’a savatchalari:

Mezbonlar savatchasi: Avstraliya, Bangladesh, Iordaniya, Qirg‘iziston, Mongoliya, Myanma, Tojikiston, Vetnam

1-savatcha: Janubiy Koreya, Tailand, Laos, Eron

2-savatcha: Filippin, Xitoy Taypeyi, Hindiston, O‘zbekiston, Gongkong, Singapur, Indoneziya

3-savatcha: Livan, Malayziya, Nepal, BAA, Guam, Pokiston, Falastin, Shimoliy Mariana orollari, Shri Lanka

4-savatcha: Iroq, Maldiv orollari, Suriya, Turkmaniston

2022 yili bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi U20 Osiyo chempionati saralash bahslarining dastlabki bosqichi 14-22 avgust, ikkinchi bosqich uchrashuvlari esa 3-7 noyabr sanalariga ko‘chirildi. Turnirning qur’a tashlash jarayonida U20 O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 1-savatchadan o‘rin oladi.

Dastlabki bosqichda jami 32 jamoa vakillari 8 guruhga bo‘lingan holda, navbatdagi bosqichning 8 yo‘llanmasi uchun bellashadilar. Ushbu bahslarga Avstraliya, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Laos, Mongoliya, Myanma, Singapur va Tojikistan mamlakatlari mezbonlik qiladi.

Qur’a savatchalari:

Mezbonlar savatchasi: Avstraliya, Xitoy, Xitoy Taypeyi, Laos, Mongoliya, Myanma, Singapur, Tojikistan

1-savatcha: Vetnam, Tailand, Eron, O‘zbekiston, Nepal

2-savatcha: Livan, Qirg‘iziston, Iordaniya, Hindiston, Malayziya, BAA

3-savatcha: Bangladesh, Gongkong, Guam, Pokiston, Maldiv orollari

4-savatcha: Indoneziya, Iroq, Kuveyt, Shimoliy Mariana orollari, Falastin, Filippin, Shri Lanka, Turkmaniston

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 2022 yilgi U20 Osiyo kubogi final bosqichini yurtimiz maydonlarida o‘tkazish maqsadida OFKga murojaat xati yo‘llagan. Keyingi navbatda, OFK har bir talabgor a’zo assosiasiya bilan tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlar ustida ish olib boradi. Mazkur chempionatning rasmiy mezboni 2021 yil aprel oyida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 10:51, 27.01.2021.
O'qildi: 2477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик