Dortmundning «Borussiya» klubi o‘zining hujumkor yarim himoyachisi Yulian Brandtni qishki transfer bozorida sotish niyatida emas. Bu haqda Germaniya matbuoti xabar bermoqda.
«Borussiya» rahbariyati Barndtni 2020/2021 yilgi mavsum yakuniga yetganidan keyin ketishini istisno qilmayapti. Avvalroq, futbolchiga Londonning «Arsenal» klubi da’vogarlik qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.