Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Futbolchilarga dam berildi – «Bunyodkor» murabbiyi nima deydi?

Futbolchilarga dam berildi – «Bunyodkor» murabbiyi nima deydi?

Baho:
+ | -

23 yanvar kuni start olgan «Hokim Kubogi» musobaqasi o‘zining hal qiluvchi bosqichiga chiqdi.

Guruh bosqichini ishonchli o‘tkazib, 7 ochko bilan chorak finalga birinchi o‘rinda chiqqan «Bunyodkor» ertaga yarim final yo‘llanmasi uchun Qirg‘izistonning «Nur Batken» klubiga qarshi maydonga chiqadi. Aytish kerakki, shu kunga qadar kuniga ikki mahaldan shug‘ullangan futbolchilarimizga bugun murabbiylar shtabi dam berdi. Ya’ni, «qaldirg‘ochlar» ertangi bahsga mashg‘ulotlarsiz tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoamiz murabbiyi Marat Miftaxuddinovga bu borada murojaat qilganimizda quyidagicha javob oldik: - Farg‘onaga 23 yanvar kuni keldik va tushdan so‘ng mashg‘ulot o‘tkazdik. 24 yanvar kuni «Navbahor farm» bilan o‘ynadik. 2 va 3-tur oldidan ikki mahal shug‘ullandik. Ertalab trenajyor zalida, tushdan so‘ng maydonda. Avval ham aytganimdek, biz bu yerga nafaqat musobaqada qatnashish, balki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun ham kelganmiz. Shuning uchun reja asosida ishlayapmiz. Musobaqa deb mavsumga tayyorgarlik rejasini o‘zgartira olmaymiz. Kelganimizdan beri ikki mahaldan shug‘ullandik. Kechagi bahsdan so‘ng bugun futbolchilarga dam berishga qaror qildim. O‘ylashimcha, bu bizning foydamizga xizmat qiladi. Zero, o‘yinchilar odatda haftada bir kun dam olishadi va o‘z-o‘zidan ertangi bellashuvga charchoqlarsiz tayyor bo‘lishadi. Aslida bugun ham kamida bir mahal mashg‘ulot o‘tkazsak bo‘lardi, ammo bu futbolchilarning ertangi bahs oldidan charchab qolishlariga sabab bo‘lardi.

Xabar berganimizdek, taqvimga ko‘ra, «Nur Batken»ga qarshi o‘yinni «Neftchi» sport majmuasi o‘yingohida o‘tkazishimiz kerak edi. Ammo bugun tashkilotchilar vodiylik ishqibozlarga qulaylik yaratish maqsadida stadionlarda o‘zgarishni amalga oshirishdi. Guruh bosqichidagi bellashuvni «Neftchi» sport majmuasida o‘tkazgan «qaldirg‘ochlar» ertaga FarDUda ilk o‘yinida maydonga chiqadi. Xo‘sh, bu haqda murabbiy Marat Valentinovich nima deydi: - O‘ylashimcha, maydon o‘zgarishini unchalik ahamiyati yo‘q. Yurtimizda qish faslida deyarli barcha tabiiy maydonlarning holati bir xil bo‘ladi. Shuning uchun bu o‘zgarishga oddiy qaradim. Asosiysi, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatish. «Nur Batken» ishtirokidagi uchrashuvni ko‘rmadim. Shu bois raqib haqida tasavvurim yo‘q. Aytganimdek, ertaga o‘z o‘yinimizni namoyish qilsak, g‘alaba biz tarafda bo‘ladi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 19:04, 29.01.2021.
O'qildi: 2249 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.