Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Jahon futbolining yaqin o‘tmishdagi yulduzi Fernando Moryentesning Toshkentga tashrifi muhokama qilindi

Jahon futbolining yaqin o‘tmishdagi yulduzi Fernando Moryentesning Toshkentga tashrifi muhokama qilindi

Baho:
+ | -

Fernando Moryentes nafaqat ispan, balki jahon futbolida ham o‘z o‘rniga ega taniqli futbolchilardan biri. O‘z vaqtida Ispaniyaning “Real Madrid”, Angliyaning “Liverpul”, Fransiyaning “Monako” klublari sharafini himoya qilgan futbolchi kelasi oy Toshkentga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida shu va boshqa masalalar muhokamasi bo‘yicha rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ayni paytda Ispaniyaning “Rasing Mursiya” klubi prezidenti, “Genova International school of football” akademiyasi rahbari Morris Panyello Toshkentda bo‘lib turibdi. Bugun MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ushbu mutaxassisni qabul qildi.

Ta’kidlash joiz, taniqli futbolchining tashrifi “Oqtepa” futbol klubi va “UzReportTV” telekanallari bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda. Suhbatda 13-16 fevral kunlari Fernando Moryentesning Toshkentga kelishi, tashrif doirasida futbol ishqibozlari va OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil qilish, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorlanayotgan “Olimpik” jamoasini shakllantirishda hamkorlikda faoliyat olib borish kabi masalalar muhokama qilindi.

Samimiy ruhda o‘tkazilgan uchrashuvda Moriis Panyello “Olimpik” jamoasini Ispaniyada o‘tadigan yig‘inga taklif qilib, unda “Leganes”, “Rayo Valyekano”, “Xetafe” kabi klublarning yoshlar jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilishda yordam berishga tayyorligini, unda o‘zini ko‘rsatgan o‘zbekistonlik futbolchilar esa ispan jamoalarida tarkibida ma’lum muddat malaka oshirib kelishi mumkinligini ta’kidladi.

O‘z navbatida Oybek Kasimov o‘zaro hamkorlikdan mamnun ekanligi va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bunday tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:35, 30.01.2021.
O'qildi: 4484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик