“Rossonerilar“ Braziliyaning “Palmeyras“ himoyachisi Mattias Vinyu o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Italiya matbuoti tarqatgan xabarlarga ko‘ra milanliklar chap qanot vakili Teo Ernandesning tez-tez safdan chiqayotganligini hisobga olgan holda ushbu transferni amalga oshirish niyatida. Teoda bir necha kun avval koronavirus aniqlangan edi.
Transfermarkt 23 yoshli Vinyuning narxini 4 millionga baholagan. U joriy mavsum braziliyaliklar safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi.