"Inter" hujumchisi Lautaro Martines jamoasi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib borayotganini tasdiqladi.
- "Inter"da baxtiyorman. Agentim yangi shartnoma borasida muzokara olib bormoqda. Klub va murabbiylar mening o‘yinimdan qoniqish hosil qilmoqda. Bu borada kelishuvga erishishimizni bilaman, — dedi Martines DAZN bilan suhbatda.