Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Chaloba «Lester»da?!

Angliyaning «Uotfurd» jamoasi yarim himoyachisi Nataniyel Chaloba faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

26 yoshli futbolchi bilan «Lester» klubi jiddiy qiziqib qolgan. Agar bu transfer amalga oshsa, «tulkilar» «Uotfurd»ga 10 million yevro to‘lab berishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, Chaloba Londonning «Chelsi» jamoasi akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi.

«Milan»ga u kerak

Milanning «Milan» jamoasi Diyego Dalotni o‘z tarkibida olib qolmoqchi. «Daily Star» nashri bergan xabarlarga qaraganda, «rossonerilar» himoyachining o‘yinlaridan qoniqish hosil qilgan. Shu bois, unga yangi shartnoma taklif etish haqida bosh qotirmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, 21 yoshli futbolchini «Manchester Yunayted» ortga qaytarmoqchi emas. Shu bois, mavsum so‘ngida, tomonlar transfer summasi borasida kelishuvga erishishi kutilmoqda.

«Liverpul»ga Diop kerak

Londonning «Vest Hem» jamoasi himoyachisi Issa Diop faoliyatini grand jamoada davom ettirishi mumkin.

«Daily Star»ning ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchini «mersisaydliklar» ijaraga olish borasida taklif tayyorlamoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Liverpul» himoyachini 20 million yevroga sotib olish sharti bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Xedira «Gerta»da?!

Germaniyaning taniqli nashri - «Kicker»ning xabar berishicha, Sami Xedira ayni damda «Gerta» klubi bilan shartnoma imzolash arafasida.

33 yoshli futbolchi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Manbaning ma’lum qilishicha, yarim himoyachi yangi jamoasi bilan 2,5 yillik shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchini Rossiya klublaridan biri bilan shartnoma imzolashi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Tosun qaytadi

Angliyaning «Everton» klubi hujumchisi Jenk Tosun faoliyatini Turkiyada davom ettirishga yaqin turibdi.

«Sky Sports» nashrining ma’lum qilishicha, turkiyalik futbolchi «Beshtiktash» bilan muzokaralar olib bormoqda.

29 yoshli futbolchi Angliyada o‘yin amaliyotga ega bo‘lmayapti. Shu bois, mavsum so‘nggiga qadar Turkiyada ijara asosida to‘p surishga qaror qilgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:42, 31.01.2021.
O'qildi: 8195 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик