Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

D. Imomxo‘jayev: "2021 yilgi mavsum taqvimi deyarli shakllantirildi"

D. Imomxo‘jayev: "2021 yilgi mavsum taqvimi deyarli shakllantirildi"

Baho:
+1 | -

29 yanvar kuni klublar sport direktorlari, yuristlari hamda futbol maktablari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 2021 yilgi mavsumdagi muhim o‘zgarishlar haqida gaplashib oldik. Klublar bo‘layotgan o‘zgarishlar qo‘l uchida emasligini, bu yo‘lda barchamiz birlashishimiz kerakligini his qilishlari biz uchun muhim.

Avval aytilganidek, Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha reglament tartibga keltirildi. Endilikda mazkur reglament muntazam ravishda yangilab boriladi. Shu hafta mazkur reglamentning elektron ko‘rinishi O‘zPFL saytiga joylanadi. Tez orada reglament nashr etiladi va klublarga tarqatiladi.

Shuningdek, 2021 yilgi mavsum uchun Musobaqalar o‘tkazish reglamenti ham tayyor bo‘lib ulgurgan. Mazkur reglament kelishish uchun O‘FAga taqdim etilgan. Bundan buyon Musobaqalar o‘tkazish reglamentini oktyabr oyidayoq tasdiqlash mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi. Reglament tez orada O‘zPFL saytiga joylanadi hamda nashrga beriladi.

2021 yilgi mavsum taqvimi deyarli shakllantirildi. Shu hafta taqvim masalasida O‘FA bilan uchrashuv o‘tkazamiz. Tez orada O‘zPFL saytida yangi taqvim ham e’lon qilinadi.

Parallel ravishda Lisenziyalash reglamenti hamda Stadionlar to‘g‘risida nizom ustida ishlayapmiz. Tan olamiz, kechikyapmiz. Umid qilamanki, hamma narsa astalik bilan o‘z relsiga tushyapti. Keyinchalik har qanday o‘zgarishlar qat’iy reja asosida ketishiga erishishimiz kerak. 2020 yilgi epidemiologik vaziyat ko‘p narsalarni o‘zgartirib yubordi. Biz murakkab davrda vazifa qabul qilib oldik. Buni yaxshilikka deb qabul qildik, mehnat qilishda davom etamiz.

Futbol muxlislari bir jihatga e’tibor berishlarini istardik. Bugun nima qilayotgan bo‘lsak, 2022 yilgi mavsum uchun qilyapmiz. 2021 yilgi mavsum ichki chempionatda tub burilish davri bo‘ladi deb umid qilamiz. Xato va kamchiliklar o‘zimizniki, ularga albatta javob beramiz. Yutuqlarimiz esa barchamizniki. Unda minglab insonlarning katta mehnati yotibdi.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 00:55, 01.02.2021.
O'qildi: 3763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик