Fransiyaning «Marsel» klubi bosh murabbiylik lavozimiga yangi nomzod izlashda davom etadi.
Klub bu yo‘lda Argentina terma jamoasi sobiq murabbiyi Xorxe Sampaoliga taklif bilan chiqqan. U hozirda «Atletiko Mineyro»da faoliyat olib bormoqda.
Agar fransuz klubi Sampaolining amaldagi shartnomasini buzadigan bo‘lsa, 800 ming yevro tovon puli to‘lab berishiga to‘g‘ri keladi.
Ayni dam «Marsel» Fransiya chempionati turnir jadvalida 9-pog‘onani band etgan.