Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/10 16:00 Surxon - Lokomotiv
25/10 18:15 Navbahor - Metallurg
25/10 21:30 Udineze - Kalyari
25/10 23:45 Torino - Komo
26/10 00:00 Espanyol - Sevilya
26/10 00:00 Lester - Nottingem Forest
26/10 16:00 Qizilqum - Paxtakor
26/10 17:00 Valyadolid - Vilyarreal
26/10 18:00 Napoli - Lechche
26/10 18:15 Andijon - Olimpik
26/10 19:00 Brentford - Ipsvich
26/10 19:00 Brayton - Vulverhempton
26/10 19:00 Manchester Siti - Sautgempton
26/10 19:00 Aston Villa - Bornmut
26/10 19:15 Rayo Valyekano - Alaves
26/10 21:00 Bolonya - Milan
26/10 21:30 Las-Palmas - Jirona
26/10 21:30 Everton - Fulhem
26/10 23:45 Atalanta - Verona
27/10 00:00 Real Madrid - Barselona

APLda Mourinyo-Tuxel to‘qnashuvi (prevyu)

APLda Mourinyo-Tuxel to‘qnashuvi (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun Angliya premyer-ligasining 22-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. "Tottenxem" o‘z maydonida "Chelsi"ni qabul qilmoqda. Mazkur o‘yinga prevyu tarzda to‘xtalib o‘tamiz.

“Tottenxem”

“Tottenxem” mavsumni ajoyib boshlagan va dastlab Premyer-liga chempionligi uchun potensial da’vogar sifatida aytilayotgan edi. Biroq, dekabr oyidan buyon “ketmoni uchmayotgan” "shporlar" musobaqa jadvalidagi so‘nggi to‘qqizta o‘yinning atigi ikkitasida g‘alaba qozonishdi. Ushbu natijalar sabab ular turnir jadvalida 7-o‘ringa tushib ketishdi. Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo APLda hech qachon ketma-ket uy uchrashuvlarida mag‘lubiyatga uchramagan. Shuningdek, "Shporlar" "Chelsi"ga qarshi oxirgi 6 o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. Agar, bugun Joze shogirdlari mag‘lubiyatga uchrasa, shu kabi bir qancha antirekordlar yangilanishi mumkin.

“Chelsi”
Raqiblari singari "Chelsi"ning ham ishlari joyida emas. Mavsum avvalida tarkibini bir qancha yetakchi futbolchilar bilan to‘ldirgan bo‘lsa-da, "aristokratlar" haligacha barqaror o‘yin ko‘rsatmayapti. So‘ngi 10 o‘yinda atigi 3 tagina g‘alaba qozonish evaziga, ikki oy ichida turnir jadvalining eng yuqori pog‘onasidan 7-o‘ringacha chiqa olishgan. Yaqinda jamoa bosh murabbiyligini egallagan Tomas Tuxel uchun jiddiy sinov endi boshlanadi. Tuxel qo‘l ostidagi ilk o‘yinda, londonliklar golsiz durang qayd etishgan bo‘lsa, o‘tgan turda "Byornli" jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Murabbiy haqiqiy potensialini bugungi uchrashuvda ko‘rsatishga harakat qiladi.

Jamoa yangiliklari va yo‘qotishlar

Jamoaning haqiqiy lideri Harri Keyn "Liverpul"ga qarshi o‘yinda to‘pig‘idan jarohat olgan. Klub matbuot xizmatining aytishishicha, jamoa sardori ikki hafta maydonga tushmaydi. Shuningdek, bugun jamoaga Delli Alli, Regilon, Lo Chelso kabi o‘yinchilar ham yordam berolmaydi. Bir qancha manbalarning xabar berishicha, "Tottenxem" futbolchisi Serj Orye "Liverpul"ga qarshi o‘yin paytida almashtirilgandan so‘ng murabbiyga achchiq qilib, maydondan chiqib ketgan. Shu sababli o‘tgan turdagi "Brayton"ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi. Bugun ham uning maydonga tushishi so‘roq ostida bo‘lib turibdi.

Raqibidan farqli o‘laroq, "Chelsi" jamoasida yo‘qotishlar yo‘q. Hakim Ziyeshning jismoniy tayyorgarligi haqidagi kichik muammoni demasa, Tomas Tuxel shogirdlari jangovar tarkibda maydonga tushishini taxmin qilish mumkin. Kurt Zuma va Kay Xaversning jarohatlari ham jiddiy bo‘lib chiqmadi. Ancha paytdan beri jamoaga yordam berolmayotgan N’Golo Kante ham son mushaklari bilan bog‘liq jarohatidan to‘liq qutuldi. Ayni paytda murabbiyning tanlov borasida boshi biroz qotgan bo‘lishi mumkin. Lekin katta ehtimol bilan "Byornli"ga qarshi maydonga tushgan tarkib, bugun ham harakat qilsa kerak.

Qarama-qarshiliklar va ehtimoliy tarkib

Bugungi uchrashuv ikki jamoa o‘rtasidagi 169-o‘yin hisoblanadi. 72 ta o‘yinda "aristokratlar" g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, "shporlar" 55ta g‘alabani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. "Tottenxem" oxirgi marta 2019-yil "Xotspur stedium"da "Chelsi" ustidan g‘alaba qozongan. Bu jamoalarning birinchi davrada "Stemford Brij"da o‘tgan o‘yinda tomonlar 0:0 hisobida o‘ynashgan.

“Tottenxem” (4-3-3): Lyoris, Davinson Sanches, Tobi Alderveyreld, Jo Rodon, Mett Doerti, Sissoko, Ndombele, Xyoyberg, Son Xyong Min, Bergveyn, Karlos Vinisius.

"Chelsi" (3-4-3):
Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Xadson-Odoi, Jorjinyo, Kovachich, Alonso, Xavers, Verner, Abraxam.

Bugungi uchrashuvdagi biror bir jamoaning g‘alabasi kuchli uchlikda joylashgan klublarning o‘rniga katta ta’sir qilmas, lekin hozirgi paytda ikki jamoa ham bir xil 33 ochkodan jamg‘arganini hisobga olsak, agar "Chelsi" qozonsa, raqibidan o‘tib ketishi mumkin. Joze shogirdlari muvaffaqiyatga erishadigan bo‘lsa, "ko‘klar"dan 3 ochko oldinga o‘tib ketishadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 4-fevraldan, 5-fevralga o‘tar kechasi tungi soat 01:00da boshlanadi.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:48, 04.02.2021.
O'qildi: 3835 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.