Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako - Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta - Chelsi
10/12 01:00 Barselona - Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter - Liverpul
10/12 01:00 PSV - Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem - Slaviya
10/12 01:00 Yunion - Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

"Real", "Bavariya", "Milan", "Barselona" va "Spartak"ni nima bog‘lab turishini bilasizmi?

"Real", "Bavariya", "Milan", "Barselona" va "Spartak"ni nima bog‘lab turishini bilasizmi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Chempionlar ligasi pley-off bosqichi ham boshlanish arafasida. Klublar miqyosida o‘tkaziladigan eng nufuzli musobaqa har doim bizga ajoyib bahslarni tuhfa etgan. Hozir siz bilan ushbu turnir tarixidagi guruh bosqichlarida qayd etilgan mukammal natijalar bilan tanishtirib o‘tamiz.

1992-1993 yilgi mavsumda "Milan".

Fabio Kapello boshchiligidagi "Milan" 1992-1993 yilgi mavsumda guruh bosqichidagi oltita uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, yuz foizlik natija qayd etgan. O‘sha mavsum "rossonerilar" "Goteborg", "Portu" va PSV jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan edi. Yakunda jamoa finalgacha borgan va finalda "Marsel" jamoasiga mag‘lub bo‘lgan.

1995-1996 yilgi mavsumda "Spartak" Moskva.

1995-1996 yil Chempionlar Ligasi guruh bosqichida "Rozenburg", "Blekbern" va "Legiya" jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan Moskvaning "Spartak" jamoasi guruhdagi barcha o‘yinda g‘alaba qozongan. "Qizil-oqlar" o‘shanda chorak finalda Fransiyaning "Nant" jamoasiga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi.

2002-2003 yilgi mavsumda "Barcelona".

Lui van Gal boshchiligidagi "Barelona" ham 2002-2003 yilgi mavsumda to‘liq oltita o‘yinda g‘alaba qozongan. Kataloniya klubi "Lokomotiv", "Bryugge" va "Galatasaray" jamoalari bilan guruh bosqichida to‘qnash kelgan. "Barselona" bu jamoalarning xech biriga mag‘lub bo‘lmagan va ushbu natijani qayd etgan jamoalar tarixiga kirgan. "Blaugranas" o‘sha mavsum chorak finalgacha yetib borib, "Yuventus" ga 3-2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

2011-2012 yilgi mavsumda "Real" Madrid.

Joze Mourinyo qo‘l ostidagi "qaymoqranglilar" 2011-2012 yilgi mavsumda "Lion", "Ayaks" va Zagrebning "Dinamo" jamoalariga qarshi guruh bosqichida duch kelgan va ularning hech biri "qirollik klubi"dan ochko ololmagan. O‘sha mavsum "Real" yarim finalgacha yetib borgan. Faqatgina final ostonasida "Bavariya" penaltilar seriyasida Mourinyo shogirdlarini turnirdan chiqarib yuborgan.

2014-2015. "Real Madrid"

Bu safar Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real" aynan shunday natijani takrorlaydi. Ular "Bazel", "Liverpul" va "Ludogores" jamoalariga hech qanday imkoniyat qoldirmay maksimal ochko to‘plagan. O‘sha mavsum madridliklar yarim finalgacha borgan va "Keksa senyora" bilan bahsda mag‘lub bo‘lgan. Yakunda o‘sha mavsum bosh sovrinni "qirollik klubi"ning ashaddiy raqibi "Barcelona" qo‘lga kiritgan.

2019-2020. "Bavariya"

O‘tgan mavsum butun Yevropani zir titratgan "Bavariya" ham mana shunday natija bilan tarixga kirdi. Ular 2019-2020 yilgi mavsumda "Tottenxem", "Olimpiakos" va "Srvena Zvezda" jamoalari bilan guruh bosqichida duch kelgan va yuz foizlik natija qayd yetgan. Flik shogirdlari o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasining barcha o‘yinlarida g‘alaba qozongan va yakunda ushbu musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritishgan.

Xudayqulov KARIM tayyorladi.

Kiritildi: 15:31, 05.02.2021.
O'qildi: 8323 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.