Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

A seriya. «Yuventus» Neapolda mag‘lubiyatga uchradi (videosharh)

A seriya. «Yuventus» Neapolda mag‘lubiyatga uchradi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin hozirgina yakunlandi. «Napoli» o‘z uyida «Yuventus»ni qabul qilib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Kutilganidek, uchrashuvni turinliklar faol boshlashdi. Ammo 31-daqiqada hakam videotakrorni tomosha qilgach, "Yuventus" darvozasi tomon penalti belgilashga qaror qildi. Jarima zarbasi amalga oshirilganidan so‘ng  Kyellini o‘z jarima maydoni ichida qo‘l bilan Rahmoniyning yuziga urgan edi. Insinye esa penaltidan ishonch bilan foydalandi.

Shundan so‘ng Pirlo shogirdlari bahs davomida ustunlikni to‘liq qo‘lga kiritishdi. Ammo neapolliklar posboni Aleks Meret mehmonlarning xavfli zarbalarini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu kecha "Yuve"ga omad kulib boqmoqda.

Natijada "Napoli" o‘z ochkolarini 40taga yetkazib, jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, "Yuventus" 42 ochko to‘plagan holda peshqadam "Milan"dan 7 ochko ortda qolmoqda.

Italiya A seriyasi, 22-tur
Napoli – Yuventus 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 31, penalti InsinYE.
Napoli – Meret, Di Lorenso, Mariu Ruy, Maksimovich, Rraxmani, Politano (Fabian Ruis, 65), Zelinski (Elmaz, 64), Losano, Bakayoko, Insinye (Lobotka, 88), Osimxen (Petanya, 75).
Yuventus – Shchensni, Kyellini, de Ligt, Danilo, Bentankur (Kulusevski, 72), Kuadrado (Aleks Sandro, 46), Kyeza, Rabyo, Bernardeski (Makkenni, 63), Morata, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Di Lorenso (23), Kyellini (30), Kuadrado (45), Bakayoko (56), Rabyo (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:11, 14.02.2021.
O'qildi: 3158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик