Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Rasmiy xabar: Boks bo‘yicha Tokio-2020 jahon lisenzion musobaqasi bekor qilindi

Rasmiy xabar: Boks bo‘yicha Tokio-2020 jahon lisenzion musobaqasi bekor qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan boks bo‘yicha Tokio-2020 lisenzion musobaqasini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhi ushbu sport turi bo‘yicha Parijda o‘tishi rejalashtirilgan jahon lisenzion musobaqasi bekor qilinganini rasman tasdiqladi. Bu borada barcha Milliy olimpiya qo‘mitalarga rasmiy xabar yuborilmoqda.

Xabarda butun dunyoda yangi epidemiologik vaziyatning qayta avj olayotgani, sportchilarning salomatligini himoya qilish tashkilotning asosiy maqsadi ekani sabab qilib ko‘rsatilgan. Shu tariqa, iyun oyida Parijda o‘tadigan jahon lisenzion musobaqasi o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Hozirda boks bo‘yicha 53 ta yo‘llanma (32 erkaklar va 21 ayollar) taqsimlanmay qolgan edi. Ma’lum qilinishicha, ushbu kvotalar barcha qit’alarga bokschilarning Olimpiya vazn toifalaridagi reyting pog‘onalariga qarab tarqatiladi. Bunda so‘nggi 4 yil (2017-2021) orasida o‘tkazilgan xalqaro musobaqalar inobatga olinadi. Bungacha o‘tkazilmagan Amerika va Yevropa qit’alaridagi saralash musobaqalari may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan yil Iordaniyada o‘tgan lisenzion musobaqa orqali 7 ta (6 erkak va 1 ayol) yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 20:40, 16.02.2021.
O'qildi: 2686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.