Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

YECHL. Salax va Manening gollari “Liverpul“ga g‘alaba keltirdi

YECHL. Salax va Manening gollari “Liverpul“ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

YECHLning 1/8 final bosqichi doirasidagi ikkinchi uchrashuv Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda “Liverpul“ “RB Leypsig“ jamoasiga qarshi maydonda saf tortdi.

Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli neytral, “Pushkash Arena“da kechgan bahsda, angliya jamoasi olmon klubi ustidan 2:0 hisobida, ishonchli tarzda zafar quchdi. Deyarli teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi bo‘limda tomonlar ancha ehtiyotkor o‘yin namoyish etishdi va darvozalarga to‘p kiritilmadi.

Ammo, ikkinchi taymning dastlabki dekasida Muhammad Salax hamda Sadio Mane kiritgan gollar darvozalar oldidagi golsiz sokinlikni tarqatib yubordi. Ushbu hisob o‘yin so‘nggigacha saqlanib qoldi va “Liverpul“ o‘ziga bo‘lgan ishonchni qayta tiklagan holda, “buqalar“ bilan dastlabki bahsda o‘z ustunligini ta’minladi.

"RB Leypsig" Germaniya – "Liverpul" Angliya 0:2 (0:0, 0:2) «Pushkash Arena»

Gollar: 0:1 – 53 Salax, 0:2 – 58 Mane.

"RB Leypsig" – Gulachi, Mukiyele (Orban, 64), Klostermann, Anxelinyo, Upamekano, Nkunku, Kampl (Xvan Xi Chxan, 73), Olmo, Aydara (Poulsen, 64), Adams, Zabitser.

"Liverpul" – Alisson, Robertson, Kabak, Aleksander-Arnold, Xenderson, Veynaldum, Djons, Mane, Tiago Alkantara (Oksleyd-CHemberlen, 72), Salax (Uilyams, 90), Firmino (Shakiri, 72).

Ogohlantirishlar:
Aydara (5), Mukiyele (6), Nkunku (52), Anxelinyo (65), Kabak (68), Olmo (76), Xenderson (81).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 04:00, 17.02.2021.
O'qildi: 2818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик