Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«Bunyodkor» akademiyasi ta’mirdan chiqariladi

«Bunyodkor» akademiyasi ta’mirdan chiqariladi

Baho:
+ | -

Kecha tushdan so‘ng «Bunyodkor» futbol klubining ishchi guruhi «Bunyodkor» akademiyasi hududini nazoratdan o‘tkazdi. 2012 yilning 28 sentyabr kuni foydalanishga topshirilgan akademiyamizda ortda qolgan yillar davomida kapital ta’mirlash ishlari olib borilmagan. Shu sababli mashg‘ulot maydonlaridan tortib, kiyim almashtirish xonalari-yu, akademiya hududi, futbolchilar istiqomat qiladigan xonalar ta’mirtalab holatga kelib qolgan. «Bunyodkor» fubol klubi direktori Ulug‘bek Mirzayev boshchiligidagi ishchi guruh barcha mashg‘ulot maydonlari, kiyim almashtirish xonalari, akademiya binosini ko‘zdan kechirib, barcha kamchiliklarni diqqat bilan o‘rganib, bajarilishi shart bo‘lgan ishlarni rejaga kiritdi, mas’ul insonlarga tegishli ko‘rsatmalar va vazifalar belgilab berildi.

- Xabaringiz bor, «Bunyodkor» akademiyasi 2012 yil foydalanishga topshirilgan. Bu muddat ichida akademiyamizdagi qator jihozlar, inventarlar, maydonlar va hatto asosiy binomizning tom qismlari ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Buni to‘g‘ri tushunish lozim. Zero, har qanday buyumning yaroqlik muddati bo‘ladi, qolaversa, o‘sha muddat yakuniga yetmasidan avval ham qisman ta’mirdan chiqariladi. Ammo «Bunyodkor» akademiyasida deyarli 10 yil davomida kapital ta’mir bo‘lmagan. Natijada o‘z-o‘zidan jihozlar eskirgan, foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan. Biz klubimiz prezidenti bilan maslahatlashgan holda akademiyamizga jiddiy e’tibor berishni, ta’mirdan chiqarishni oldimizga bosh reja qilib oldik. Boisi, klublar moliyaviy tomondan o‘z-o‘zini ta’minlash, hukumatimiz tomonidan ajratiladigan homiylarning puliga to‘liq qarab bo‘lib qolmaslik maqsadida yillik byudjetning kamida 30 foizini o‘zi topish yo‘liga o‘tayotgan ekan, akademiyamizdan chiqqan iqtidor egalari bu borada bizga yordam beradi. O‘z vaqtida Sardor Rashidovning transferidan yaxshigina summa ishlab topgan «Bunyodkor» o‘tgan yili Jasur Jaloliddinov orqali ham o‘z byudjetini boyitdi, qarzdorliklardan qutildi. Aytmoqchimanki, akademiyamiz biz uchun moliyaviy ta’minot manbai. Bizga yana shunday futbolchilar kerak. Shunday ekan, akademiyamizdagi sharoitlarni jahon standartlariga mos holatga olib chiqishimiz shart! Biz ishchi guruh bilan akademiyaning holatini to‘liq o‘rganib chiqdik. Asosiy homiymizdan tashqari, marketing yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlarimizdan tushadigan pullar evaziga tez orada akademiyamizda kapital ta’mirlash ishlarini boshlaymiz, deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Ulug‘bek Mirzayev.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 06:33, 17.02.2021.
O'qildi: 1991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.