Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Ayollar terma jamoamiz Afrika chempionlarini tor-mor keltirdi

Ayollar terma jamoamiz Afrika chempionlarini tor-mor keltirdi

Baho:
+ | -

Kecha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirining ochilish uchrashuvida maydonga tushdi.

Antalya shahridagi “Emir Hotels” sport majmuasida o‘tgan mazkur bahsda vakillarimiz Afrika qit’asining ikki karra chempionlari Ekvator Gvineyasiga qarshi kurash olib bordi.

O‘yinni to‘liq ustunlik bilan o‘tkazgan ayollar terma jamoamiz yakunda 5-0 hisobi bilan g‘alabaga erishdi. Gollarga Nilufar Qudratova, Maftuna Shoyimova, Diyora Xabibullayeva hamda Lianna Narbekova mualliflik qildi.

Bahrom Norsafarov shogirdlari bugun kunning ikkinchi yarmida navbatdagi uchrashuv uchun tayyorgarlik jarayonini boshlaydi. 20 fevral kungi 2-tur bahsida terma jamoamizga Jahon chempionatlarining muntazam ishtirokchisi, Afrika birinchiligining 11 karra g‘olibi Nigeriya ayollar terma jamoasi raqiblik qiladi.

“Festival Women’s Trophy 2021” | 1-tur
O‘zbekiston - Ekvator Gvineyasi - 5:0
Gollar: Nilufar Qudratova (dubl), Maftuna Shoyimova, Diyora Xabibullayeva, Lianna Narbekova

Kiritildi: 12:45, 18.02.2021.
O'qildi: 4353 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик