Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Pirlo: «Chempionlar ligasida to‘p ikki baravar tez harakatlanadi»

Pirlo: «Chempionlar ligasida to‘p ikki baravar tez harakatlanadi»

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoasining Chempionlar ligasidagi imkoniyatlari borasida o‘z fikrini bildirdi.

«Chempionlar ligasida to‘p A seriyadagiga nisbatan ikki baravar tez harakatlanadi. Ular sizni butunlay boshqacha futbol o‘ynashga majbur qiladi. Biz buni ko‘rdik.

Chempionlar ligasi o‘yinlarida bunga moslashish kerak. Nima qilish kerakligini bilamiz va buning ustida ko‘p ishlashimiz kerak.

A seriyada chempionlik esa bizning maqsadimiz bo‘lib turibdi. Bu maqsad sari harakatlanishimiz shart. Skudetto hali bizdan uzoqlashmagan, uni qo‘lga kiritish mumkin. Biz — «Yuventus»miz, oxirigacha bunga ishonishda davom etishimiz kerak», — dedi Pirlo.

«Yuventus» Italiya chempionatida 45 ochko bilan 3-pog‘onani egallab turibdi. Jamoa peshqadam «Inter»dan 8 ochko ortda qolmoqda. Turinliklar hisobida esa bitta zaxira o‘yini mavjud. Jamoa Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi dastlabki o‘yinida «Portu»ga yutqazdi (1:2).

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 10:14, 27.02.2021.
O'qildi: 2357 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик