Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus
21/05 19:00 Bunyodkor 3-2 Lokomotiv

Bugun "Sevilya" o‘z maydonida "Barselona" jamoasini qabul qiladi (prevyu)

Bugun "Sevilya" o‘z maydonida "Barselona" jamoasini qabul qiladi (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun, aniqrog‘i Toshkent vaqti bilan hisoblaganda 20:15da Ispaniya La Ligasi 25-tur doirasida «Sevilya» va «Barselona» jamoasi o‘rtasidagi qarama-qarshilikka guvoh bo‘lamiz. «Roman Sanches Pisxuan» stadionida o‘tadigan mazkur bahsga ikki jamoa ham turlicha kayfiyatda tashrif buyurmoqda. Chunki Yevropa Chempionlar Ligasi doirasidagi bahsda har ikkala jamoa ham o‘z maydonida mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rgan bo‘lsa, o‘tgan haftada La Liga doirasidagi bahsda har ikki jamoa ham g‘alaba qozonishdi. Qolaversa, bugungi uchrashuvdagi har qaysi jamoaning g‘alabasi chempionat jadvalidagi o‘ringa ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayni damda, La Liga jadvalida «Barselona» 50 ochko bilan 3-o‘rinda ketayotgan bo‘lsa, «Sevilya» raqibidan bir o‘yin kam o‘tkazgan holda, 48 ochko to‘plab 4-pog‘onadan joy olgan. Agar, bugun Xulen Lopetegi shogirdlari «ko‘k-anorranglilar» ustidan g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, kuchli uchlikka kirib olish imkoniyatiga ega. Shuning uchun ham bu o‘yindagi qo‘lga kiritilgan ochko qiymat baland. Hozir biz sizlarga mazkur jamoalarning atrofidagi yangiliklar va ehtimoliy tarkib haqidagi qisqacha prevyuni sizlarga taqdim etamiz.


«Seviliya»


Ayni paytda, mazkur jamoaning ichki chempionatdagi ishlari ancha yaxshi. Chunki, 6 o‘yinlik g‘alabali seriya davom ettirayotgan jamoa, oldidan chiqqan har qanday raqibni ayab o‘tirgani yo‘q. Ammo, shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, «qizil-oqlar» joriy yilda, ayni paytda o‘zidan yuqorida turgan hech bir jamoani chempionat bahslarida mag‘lub eta olmagan. Kataloniyaliklarga qarshi birichi davradagi uchrashuvda 1:1 hisobidagi duranga imzo chekkan bo‘lsa, «Real»ga o‘z maydonida 0:1, «Atletioko» esa Madridda 2:0 hisobida imkoniyatni boy bergan. Bugun seviliyaliklar shu qora an’anani yo‘qqa chiqarish uchun maydonga tushishadi. Ammo ularning oldida turgan raqib jiddiy. Garchi, «Barselona»ni 10 - fevral kuni kubok bahsida 2:0 hisobida mag‘lub etishgan bo‘lsada, bugungi bahsda mezbonlarga oson bo‘lmasligi aniq. Chunki, mehmonlar ham xuddi «Sevilya» kabi Chempionlar Ligasidan chiqib ketish arafasida, shuning uchun bor e’tiborni ichki chempionatga qaratsa kerak. Lopetegi shogirdlari o‘tgan turda, «Osasuna» maydoniga safar uyushtirib, ishonchli 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytishgan. Ushbu qarama-qarshilikda «Sevilya» raqibini har tomonlama mag‘lub etdi. Uchrashuvning 19-daqiasida Xoan Xordan burchakdan uzatib bergan to‘pni, Diyego Karlos boshi bilan darvozaga yo‘llab, uchrashuvdagi hisobni ochishga erishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Luk De Yong jamoasining ikkinchi golini kiritgan. Mazkur bahsda «Sevilya» raqibidan bir bosh ustunligini namoyish etdi.


«Barselona»

Joriy yilgi mavsumda «Barselona» bir tekis o‘yin namoyish etmayapti. Ba’zida autsayder jamoalarga qarshi o‘yinlarda ham ochko yo‘qotmoqda. Xususan, o‘tgan tur «Kamp Nou»da  «Kadis» jamoasini qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi. 32-daqiqada kataloniyaliklar yetakchisi va sardori Leo Messi hisobni penaltidan ochgan bo‘lsa, 89-minutga kelib, «Barselona» himoyachisi Kleman Lengle o‘z jarima maydonchasida qo‘pol o‘ynab, raqibni penalti tepishiga sababchi bo‘lib qoldi. To‘p qarshisiga kelgan mehmonlar futbolchisi Aleks zarbani aniq amalga oshirib hisobni tebglashtirgan va o‘yin shu hisob bilan yakunlangan. Umuman olganda, mazkur qarama-qarshilikda Kuman shogirdlari har tomonlama ustunlikka ega edi. Birinchi taym o‘zida to‘pga egalik qilishi 82%ni tashkil qilib turgan bo‘lsa, «Kadis» darvozasiga 11ta zarba yo‘llagan. Shulardan 4tasi darvozaga aniq borgan. Ammo yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmaslik, mehmonlarning zarariga ishladi. «Barselona» mavsum avvalida hujumchisi Luis Suaresni «Atletiko»ga qo‘yib yuborgandan beri, jamoaning gol urishi qiyin kechmoqda. Xuddi shu holat 3 kun avval 1-tur qoldirilgan uchrashuvida maydonga tushgan kataloniyaliklar o‘z maydonida «Elche» jamoasini qabul qildi. Garchi, mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsada, asosan gollarni ikkinchi taymda kiritdi. E’tibor bersangiz, dastlabki bo‘limda 66% to‘pni nazorat qilgan «Barselona» bor yo‘gi ikki marta darvozaga zarba yo‘llagan. Bu esa jamoaning hujum tashkil qilishda muammolar yetarlicha borligini ko‘rsatadi. O‘yin davomida 100 marta hujum uyushtirgan bo‘lib, shulardan 29tasi xavfli ko‘rinish olgan. Oxirgi marta 19 yanvar kuni gol urgan Grizmann esa bir necha imkoniyatlarni ko‘kka sovurishda davom etib kelayapti.

Yo‘qotishlar


Mazkur uchrashuv avvalidan, har ikki jamoada ham yetarlicha yo‘qotishlar mavjud bo‘lib, bu holat bugungi o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi, albatta. Mezbonlar tarkibida Markus Akuna va Lukas Okampos kabi o‘yinchilar maydonga tushmaydi. Har ikkala argentinalik futbolchilar ham yanvar oyi boshlarida jarohat olganini hisobga olsak, bu yo‘qotishlar «Sevilya»ga unchalik jiddiy muammo tug‘dirmaydi. Chunki, mazkur futbolchilarsiz ham, Lopetegi shogirdlari Kubok bahsida kataloniyaliklar ustidan zafar quchiushga erishgan. «Barsa» safida ha, bir qancha yo‘qotishlar mavjud bo‘lib, bu holatlar oxirgi paytda jamoaning minus tomoniga ishlamoqda. Xususan, jamoaning braziliyalik futbolchis Felippe Koutino 2020 - yilda jarohat olgandi, shundan beri jamoa hujumlarida rang-baranglik yo‘qolagandek. Qolaversa, Fati va Serj Robertoning yo‘qligi jamao uchun muammo tug‘dirib kelmoqda. O‘tgan haftadagi «Elche»ga qarshi bahsda esa jamaoning bosniyalik futbolchisi Pyanich ham jarohat olgan va katta ehtimol bilan bugungi bahsni ham o‘tkazib yuboradi.

Ehimoliy tarkiblar


«Sevilya» (4-3-3): Bono - Rekik, Diyego Karlos, Kunde, Navas, Fernando, Xordan, Torres, Suso, De Yong, El - Haddadi


«Barselona» (4-3-3): Ter Shtegen - Pike, Alba, Mingesa, Umtiti, Pedri, Pyanich, Frenki De Yong, Messi, Grizmann, Breytueyt.

 

 Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

 

Kiritildi: 16:10, 27.02.2021.
O'qildi: 2624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.