Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Sergey Lebedev: «Jahon terma jamoasi tarkibida yulduzlar bilan bir safda to‘p surish bu katta baxt edi»

Sergey Lebedev: «Jahon terma jamoasi tarkibida yulduzlar bilan bir safda to‘p surish bu katta baxt edi»

Baho:
+ | -

Yaqinda "Buxoro" murabbiylar shtabida ish boshlagan Sergey Lebedevga bir necha savollar bilan yuzlandik.

— Sergey Elefertovich, sizni jamoamizda ko‘rib turganimizdan benihoyat xursandmiz. Millionlar o‘yini bo‘lmish futbolga, ilk qadamlaringiz qanday boshlangan.
— Rahmat. Futbol bilan bolalikdan oshnoman, futbol hayotim mazmuniga aylanib ulgurgan. Bolalar jamoalaridan tortib, yoshlar va o‘smirlar jamoalarida to‘p surganman. Professional faoliyatimni «Turbina» (Brejnev) va «Dinamo» (Kirov) jamoalarida boshlaganman. Harbiy xizmatni Kirovda o‘taganman. 1989 yili yozda "Neftchi" jamoasi Kirov shahrida yig‘in o‘tkazadi va o‘sha payt shaxsan Yuriy Vazgenovich meni o‘z jamoasiga taklif qilgan. Menga ko‘p jamoalardan takliflar bo‘lgan, men esa Farg‘onaning «Neftchi» (u paytda «Neftyanik» deb atalgan) jamoasi taklifiga rozi bo‘lganman.

— Siz 1994 yil Xirosimada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi bilan chempionlikka erishgansiz, o‘sha damlardagi xotiralarni eslasak.
— Bilasizmi, turnirga yetib kelganimizda bizni hech kim nazarga ilmagan, qanaqadir keraksiz jamoa deb hisoblashgan. O‘yindan o‘yinga munosabatlar o‘zgara boshladi bizga nisbatan, chunki davomli g‘alabalar ularni hayratga sola boshlagan edi. Birinchi o‘yinda Saudiya Arabiston terma jamoasini 4:1ga yutdik, so‘ngra Malaziyani — 5:0. O‘shandan keyin biz shunchaki «sovg‘a» emasligimizni anglab yetishgan edi. Eng qiyin o‘tgan o‘yin bu yarim finalda Koreya bilan, juda ham hayajonli bahs bo‘lgan edi. Finalga chiqqanimizdan keyin ruhan tayyor edik o‘yinga, ortga yo‘l yo‘q edi va biz g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari chempionlariga aylandik. Uni so‘z bilan tasvirlash juda ham qiyin. Ahil inoq jamoaga aylangan edik, shu 3 hafta ichida. Xullas, zo‘r ajoyib davrlar edi.

— Bir qiziq fakt: shu paytgacha MDH davlatlari futbolchilari orasida Jahon terma jamoasida to‘p surgan yagona futbolchisiz. O‘sha paytdagi futbol yulduzlari bilan birga to‘p tepganda nimalarni his qilgansiz, hayajon bo‘lmaganmi?

— Ha, o‘ta kuchli hayajon bo‘lgan. Aslida meni Osiyo terma jamoasiga taklif qilishgan edi, borganimizdan keyin nimadirlar ro‘y berdiyu meni Jahon terma jamoasiga taklif qilib qolishdi. O‘ynaysanmi deyishdi, qanday yo‘q deyish mumkin bunday taklifga? Jon deb rozi bo‘ldim. Men har ikkala terma jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazgan edim, ular o‘rtasida juda katta tafovut bor edi. Jahon termasiga qarasak Papen, Matteus, Reyna, Vea, Shukur va boshqa yulduzlar bilan bir safda to‘p surish bu katta baxt edi. Ular bilan suhbatlar ham boshqacha huzur berardi. Futbolga bo‘lgan qarash ularda boshqacha edi.

— «Buxoro» jamoasida murabbiy bo‘lib ish boshladingiz, bu qanday ro‘y berdi?
— Davron Orifovich meni va Anvar Berdiyevni Buxoroda birga ishlash taklifi bilan chiqdi. Albatta bunaqa takliflarga ijobiy qarayman. Rozilik berdim. Qolaversa, "Buxoro"day o‘tmishi bor va kelajagiga ishonadigan klubda ishlash hammagayam nasib etavermaydi. Jamoaning maqsadi meni qiziqtiradi, o‘zimni emas, avvalo jamoa manfaati muhim men uchun. Mehnatdan to‘xtamaslik kerak, jamoa g‘alaba qozonaversa, maqsad sari intilaversa, biz murabbiylarning yuzimiz yorug‘ bo‘laveradi. Futbolchilik paytimda ham murabbiylik davrimda ham ustozim Yuriy Vazgenovichni bir gaplari faqat yodimda "Jamoa maydonga chiqdimi har gal xuddiki oxirgi o‘yinga tushgandek, faqat g‘alabani o‘ylashi kerak va natijaga erishishi zarur.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 07:40, 28.02.2021.
O'qildi: 7066 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик