Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo A Seriya 25 turi doirasidagi «Lasio» bilan bahsda nima uchun Ronalduga dam bergani sababini aytdi.
«Krishtianu ketma-ket 8-9 uchrashuvda uzluksiz maydonga tushdi. Men bu uning sog‘ligi uchun haddan ziyod zo‘riqishligini bilardim. Shu sababli o‘yindan oldin u bilan dam olish haqida gaplashib oldik.
Buni reja ostidagi jarayon ekanligini unutmaslik kerak. Quvonarlisi, yigitlar uning yo‘qligini bildirishmadi», - deydi Pirlo.