Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

La liga. «Real» Madrid derbisida so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

La liga. «Real» Madrid derbisida so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan "Atletiko" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi Madrid derbisi yakunlandi.

Maydon egalari bahsni faol boshlab, 15-daqiqada hisobni ochishdi. Luis Suares yakkama-yakka vaziyatga chiqib, aniq zarba bilan Kurtuani dog‘da qoldirdi.

Ikkinchi bo‘limning debyutida "matraschilar" hisobdagi farqni oshirish uchun 2-3ta vaziyatga ega bo‘lishdi, ammo Kurtuaning jonbozligi tufayli to‘p darvozaga borib tushmadi.

Keyin esa "Real" xavfli vaziyatlar yarata boshladi. Xususan, Karim Benzema 3ta qulay vaziyatlarga ega bo‘lib, ularning so‘nggisini 88-daqiqada golga aylantirdi.

Shu tariqa, Madrid derbisida tomonlar ikki ochkodan yo‘qotishdi. Bu esa "Barselona"ga qo‘l kelishi mumkin.

Ispaniya chempionati, 26-tur
Atletiko – Real Madrid 1:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 15 Suares, 1:1 – 88 Benzema.
Atletiko – Oblak, Ermoso, Felipe, Savich, Trippyer, Lyorente, Koke, Lemar (Saul, 57), Karrasko (Joau Feliks, 64), Korrea (Kondogbia, 82), Suares.
Real Madrid – Kurtua, Nacho, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Kroos, Rodrigo (Vinisius Junior, 60), Modrich, Asensio (Valverde, 60), Benzema.
Ogohlantirishlar: Karrasko (64), Varan (67), Korrea (72), Joau Feliks (80), Savich (90), Lyorente (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:16, 07.03.2021.
O'qildi: 4456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик