Bugun tunda, aniqrog‘i 8-martdan, 9-martga o‘tar kechasi, soat 0045da Italiya A seriyasining 26-turining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkaziladi. Unda "Inter" jamoasi "Juzeppe Meassa" stadionida Bergamoning "Atalanta" jamoasi qabul qiladi. Oldingi turda "Inter" safarda "Parma" jamoasini mag‘lubiyatga uchratib(2:1), A Seriya turnir jadvalida peshqadamligini davom ettirmoqda. "Neradzurri"larning ichki chempionatdagi g‘alabali seriyasi ketma-ket oltitani tashkil qilmoqda. Agar, Konte shogirdlari bugungi bahsda ochko yo‘qotadigan bo‘lsa, chempionatdagi raqiblarini o‘ziga yaqinlashtirib olishi mumkin. Chunki, kecha hamshari 2-o‘rindagi "Milan" klubi "Verona" maydoniga safar qilib, 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytdi va "Inter" bilan oradagi farqni 3taga qisqartirdi.
"Atalanta" so‘nggi o‘yinida, o‘z uyida "Krotone"ni mag‘lubiyatga uchratdi(5:1). Milan safari oldidan, bergamoliklar, A seriya turnir jadvalida 5-o‘rinda ketmoqda. "Inter" bilan oradagi farq 10 ochkoni tashkil etmoqda. Garchi, Gasperini shogirdlari Skudetto uchun kurash olib borishi qiyin bo‘lsada, kuchli uchlikka kirish uchun imkoniyatlari katta. Shuning uchun ham, "Atalanta" San-sirodan 3 ochko bilan qaytishga harakat qilib ko‘rishadi. Hozir esa biz sizlarga mazkur uchrashuv atrofidagi ro‘y berayotgan yangiliklar, jarohatlar bilan bog‘liq muammolar va ehtimoliy tarkib haqidagi qisqacha prevyuni taqdim etamiz.
"Inter"
Shubhasiz, hujumchi Romelu Lukaku nafaqat Antonio Konte uchun, balki butun "Inter" jamoasining chempionatdagi eng muhim futbolchisi hisoblanadi. Romelu 24ta o‘yinda maydonga tushib, 25ta gol urishga erishdi. Shu gollardan 18tasini A seriyada kiritganligini aytib o‘tishimiz kerak. Qolaversa, "neradzurrilar"ning yana bir futbolchisi Lautaro Martinesni ham aytib o‘tishimiz kerak. Ayni paytda LaLu juftligi Italiya chempionatining eng samarali hujum juftligi hisoblanadi. O‘tgan turgi g‘alabada esa, "Inter"ning boshqa bir futbolchisi chililik Aleksis Sanches qahramonga aylandi. Uning dubli bilan "Parma" ustidan g‘alaba qozonishga erishildi. Sanchesning ikkinchi goliga, aynan Lukaku asistentlik qilganini ham aytib o‘tishimiz kerik.
"Inter" hozirgi paytda super formada turibdi. A seriyada qaysi jamoa raqiblik qilayotgan bo‘lsa ham, ayab o‘tirgani yo‘q. Bugungi bahs oldidan "Atalanta" juda qiyin bo‘lishi aniq. Konte shogirtlari o‘tkazgan har bir uchrashuvlarining, deyarli har birida gol urib kelmoqda. Hozirda "neradzurri" 62 gol bilan, A seriyada eng ko‘p gol kiritgan jamoa bo‘lib turibdi. Milan klubi o‘z natijalari va o‘yini bilan haqiqatan ham ajoyib, boshqa jamoalarda hozircha bunchalik o‘ziga bo‘lgan ishonch sezilmayapti. Antonio Konte mu mavsumda 10 yildan beri, Italiyada gigantlik qilayotgan "Yuventus"ni ham mag‘lub etganidan ham, jamoaning maqsadi faqatgina chempionlik ekanligini sezish mumkin.
Bugungi uchrashuv oldidan bo‘lgan matbuot anjumanida, "Inter" murabbiyi Antonio Konte quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi.
"Biz bugungi uchrashuvda o‘z xarakterimizni namoyish etishimiz kerak. Chunki, bugungi g‘alaba bizni yanada chempionlikka yaqinlashtiradi. Agar, bugun biz bir-birimizni tushunib harakat qilsak, albatta muvaffaqiyat qozonamiz. Bugun qaysi jamoa ko‘proq hujumga o‘tsa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonadi. "Atalanta"ga qarshi qiyin o‘yin bo‘lishi aniq. "Atalanta" hamma uchun muammo tug‘diradigan jamoa hisoblanadi. Ular o‘z o‘yinini qanday tuzishni bilishadi va kuchli tarkibga ega jamoaa. Biz o‘yib avvalida, bergamoliklarning bir qancha o‘yinini tahlil qildik. O‘ylaymanki, bugungi uchrashuvda omad biz tomonda bo‘ladi. Men "Inter" ruliga kelganimdan beri, to‘rtinchi marta bu jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazayapmiz va har biri o‘ta qiyin kechgan."
"Atalanta"
"Atalanta" ayni paytda turnir jadvalida 5-o‘rinda. 4 uchrashuvdan beri, g‘alaba qozonib kelmoqda. Bergamoliklar A seriyada har xil o‘yin ko‘rsatadigan jamoa hisoblanadi. Chunki ular yetakchi jamolarni mag‘lub etishi, yoki autsayderlarga qarshi uchrashuvda ochko yo‘qotishi ham mumkin. Bugungi "Inter" - "Atalanta" uchrashuvida eng yaxshi hujum uyushtiradigan jamoalarning qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz. Chunki, "Inter" ichki chempionatda 62 gol kiritgan bo‘lsa, "Atalanta"da bu ko‘rsatkich 60tani tashkil etadi.
Bergamo jamoasi mazur bahsda shunchalik g‘alabaga tashnaki, "Bolonya"(2:2), "Jenoa"(0:0), "Torino"(3:3) kabi jamoalarga qarshi o‘yinlarda yo‘qotilgan ochkolar uchun, o‘zlarini kechira olmayotganligini yashirib o‘tirmayapti. Konte "Inter" ruliga kelgandan beri, Gasperiniga qarshi 3 marta o‘yin o‘tkazgan. Lekin, mazkur uchrashuvlarning hech birida "Atalanta"ning omadi kelmagan. Gasperini ertami-kechmi, bar-bir "neradzurri"ni mag‘lub etishiga umid qilmoqda. O‘yindan oldingi matbuot anjumanida bergamolilar murabbiyi joriy yilgi chempionatda "Inter" A Seriya yetakchiligiga loyiqligini ta’kidladi, ammo "Atalanta" bugungi bahsda, Konte jamoasini mag‘lub etishga harakat qilib ko‘rishini ham ta’kidlab o‘tdi. Yana bir qiziq ma’lumot. "Atalanta" oxirgi marta 2014-yilda "Juzeppi Meassa"dan g‘alaba bilan ortga qaytishgan. Shundan keyin, 6 o‘yin o‘tkazilgan bo‘lsa, shularning hech birida 3 ochko bilan ortga qaytishni uddalamagan. Lekin bugungi bahsda bu yoqimsiz seriyani yakuniga yetkazish imkoniyati bor.
Mazkur uchrashuv oldidan tashkil qilinadigan matbuot anjumanida "Atalanta" murabbiyi Jan Pero Gasperini quyidagi gaplarni aytib o‘tdi.
"Mazkur o‘yin ko‘p narsalarni aniqlab berishga yordam beradi. Biz turnir jadvalidagi birinchi o‘rinni munosib tarzda egallab turgan jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazamiz. Ular "Yuventus" ustidan ham g‘alaba qozonishga erishgan. Hozirda "Inter"da chempionlik uchun yaxshi imkoniyat bor, ammo hali oldinda 13ta o‘yin bor. So‘ngi paytlarda milanliklar yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda, lekin biz bugun ushbu seriyani to‘xtatishga harakat qilamiz."
Ehtimoliy tarkiblar.
"Inter" (3-5-2): Xandanovich, Bastoni, de Vrey, Shkriniar, Perishich, Eriksen, Brozovich, Barella, Hakimi, Lukaku, Martines
Antonio Konte boshchiligidagi "Inter" o‘yinni 3-5-2 ko‘rinishda boshlashi mumkin. Chunki, Konte ancha paytdan beri shu sxemadan foydalanmoqda. Murabbiy tarkibni tanlashda muammolarga duch kelmaydi. Ayni paytda jamoada diskvalifikasiya qilingan yoki jarohat olgan futbolchilar yo‘q. Bugungi bahsad qanotdagi jang ayniqsa qizg‘in bo‘lishi aniq. Negaki, Hakimi va Gosens qarama-qarshiligini kuzatish yoqimli. Hujum chizig‘ida Lukaku va Martines juftligini ko‘rishimiz aniq. Shuning uchun bugun ham, katta ehtimol bilan "Inter" 3-5-2 ko‘rinishida harakat qilishini taxmin qilishimiz mumkin.
"Atalanta" (3-4-1-2): Gollini, Toloi, Romero, Jimsiti, Gosens, de Ron, Froyler, Mele, Pessina, Sapata, Muriel.
"Atalanta" Jan Pero Gasperini qo‘l ostida, ko‘pgina uchrashuvlarda 3-4-2-1 taktik sxemasida o‘ynaydi. Ammo bugungi uxhrashuvda 3-4-1-2 ko‘rinishda o‘ynashi mumkin. Chunki, Italiya matbuoti ukrainalik Ruslan Malinovskiy va sloveniyalik Yosip Ilichichni zaxirada qoldirilishi haqida yozmoqda. Shu sababli, bu ikki hujum ortida o‘ynaydigan futbolchilarsiz, kelayotgan uchrashuvda sxema o‘zgarishini taxmin qilishimiz mumkin. Lekin, ikkita hujumkor futbolchi - Duvan Sapata va Luis Muriyel birinchi daqiqalardanoq maydonga tushishi mumkin.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.