Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Shuhrat Maqsudov: «Biz bir jamoamiz!»

Shuhrat Maqsudov: «Biz bir jamoamiz!»

Baho:
+ | -

Superliganing 1-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Mash’al» (1:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Shuhrat Maqsudov ishtirok etdi.

- Avvalo «Bunyodkor» klubi rahbariyati, murabbiylari, futbolchilari, xodimlari muxlislari va shaxsan o‘z nomimdan taniqli futbolchi Temurxo‘ja Abduxoliqovning qizi vafoti munosabati bilan futbolchiga hamdardligimizni bildiraman.

Futbolda mavsumning ilk o‘yini barcha jamoalar uchun og‘ir o‘tadi. Kecha boshlangan mavsumning dastlabki uchrashuvlarini ko‘rib, bunga yana bir bor amin bo‘ldik. Eng asosiysi g‘alaba. Biz buni uddaladik. Shu bois, «Bunyodkor»ga aloqador barchani, xususan muxlislarimizni tabriklayman.

Qaysi lavozimda ishlashimdan qat’iy nazar jamoaning o‘yiniga befarq bo‘lmaganman. Kecha taqdimot marosimida ham aytib o‘tgandim. Biz bir jamoamiz! Gap bosh murabbiy yoki boshqa lavozimdamas, hammamiz bir musht va jamoamiz! Albatta, debyutim o‘yinim omadli chiqdi. Allohga shukr! 

O‘rtoqlik uchrashuvlarida futbolchilarning holati boshqacharoq ko‘ringan. Bugun ilk rasmiy o‘yinda maydonga tushdik. O‘yinchilarning harakatlarida farq bo‘lishi tabiiy. Chunki mavsum endigina boshlandi. Istaysizmi-yo‘qmi, futbolchilarda hayajon bo‘ladi. O‘yinchilarimizni nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz. O‘ylaymanki, o‘yindan-o‘yinga hammasi yaxshi tomonga o‘zgaradi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:40, 10.03.2021.
O'qildi: 2252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик