Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Alamzada «buqalar» bir oyoqda ilinib turgan «Liverpul»ni Angliyaga ravona qilib yubora oladimi?

Alamzada «buqalar» bir oyoqda ilinib turgan «Liverpul»ni Angliyaga ravona qilib yubora oladimi?

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak final javob bahslaridan biri Budapeshtdagi «Pushkash» arenada bo‘lib o‘tadi. «Liverpul» va «Leypsig» oradan ko‘p ham o‘tmay yana ushbu o‘yingohga qaytishdi. Bu safar nominal mezbon maqomini endi merrsisaydliklar olishadi.

Liverpul

Birinchi uchrashuvdagi ishonchli g‘alaba (2:0) «Liverpul»ga bu bahsda katta ustunlik taqdim etishi turgan gap. Jamoa ayni dam APLda boshi berk ko‘chalarga kirib qolgan. Biroq, Klopp xalqaro maydonlarda qanday o‘ynash kerakligini juda yaxshi biladi. 2:0 hisobidagi natijaning o‘zi ham kamida ingliz klubini keyingi bosqichda bir oyog‘i bilan turganligini anglatmoqda. Statistik jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak ham «Liverpul» YECHL pley-off uchrashuvlari doirasidagi o‘zi g‘alaba qozongan safar bahslarini keyinchalik boy bermagan.

Shuningdek, jamoa nemis klublariga qarshi o‘z maydonida oxirgi 20 ta o‘yindan hech borini yutkazmagan, to‘plar nisbati ham mezbonlarning ancha yirik ustunligini ifodalab turibdi - 52:9. Biroq tanganing ikkinchi tomoni bo‘lganidek, «Liverpul» so‘nggi paytlarda o‘z uy uchrashuvlarida umuman o‘ziga o‘xshamayapti. Jamoa joriy yil hisobidan «Enfild»da hali biror marta ham g‘alaba qozona olmadi. Oxirgi olti bahsning barchasi «qizillar» uchun mag‘lubiyat bilan yakuniga yetgan. Bu esa klubning 129 yillik tarixidagi eng yomon ko‘rsatkichi hisoblanadi. Tabiiyki, «Enfild»dan atigi 1300 mil atrofidagi masofada joylashgan Budapeshtdagi uchrashuv Klopp shogirdlarining oyog‘idan tortib qolishi ham hech gap emas. Shuningdek, jamoa «Man Siti»ni 4:1 hisobida yengganidan beri hali o‘z maydonida burorta ham gol ura olmayapti.

Hozirda «Liverpul»ning ichki muhitida alamzdalik kayfiyati hukm surmoqda. Jarohatdagi ko‘p sonli yetakchilardan tortib  Kloppning Saloh bilan kechayotgan salbiy munosabatlarigacha barchasi xuddiki yuzaga kelgan baquvvat imperiyaning parchalanayotaganini bildirayotgandek. Muxlislar va rahbariyat tomonidan ham murabbiylar shtabiga juda keskin tanqidiy toshlar yog‘ilmoqda. Germaniyalik mutaxassis jamaoni eng pik formasiga olib chiqqanidan so‘ng endi uning yemirilishi ham shunga monand ayanchli tus olyapti. Muvaffaqiyatli mavsumlari davomida deyarli bir xil optimal tarkibni maydonga tashlayvergan Klopp endi turli zaxira variantlariga ehtiyoj sezganida ancha qiynalayotgani ko‘rinyapti. U mana shu futbolchilardan ham yuqori darajadagi professionallikni kutadi va ushbu jarayonning to‘la shakllanib olish payti  mavsumning eng qizg‘in pallasiga to‘g‘ri kelib qolgani ham uchrashuvga bo‘lgan qiziqishni orttirishi shubhasiz. Zero, qaysidir ma’noda Klopp uchun ham YECHLdan boshqa yagona najot qolmagan.

Taxminiy tarkib:  Alisson — Robertson, Fabinyo, Fillips, Aleksandr-Arnold — Djons, Tiago, Veynaldum — Mane, Salax, Jota.

Yo‘qotishlar:  Xenderson, Van Deyk, Gomes, Matip, Firmino.

 

«Leypsig»

\

«Liverpul» bilan solishtirganda «Leypsig»da vaziyat ancha yaxshi tusda ketyapti. Jamoa Budapeshtdagi mag‘lubiyatdan so‘ng jami 4 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa ularning barchasini g‘alaba bilan yakunladi. Ayni dam turnir jadavalida Nagelsmann shogirdlarini peshqadam «Bavariya» bilan atigi 2 ochkolik farq ajtatib turibdi. Bundan tashqari klub yaqinda mamlakat kubogi yarim final yo‘llanmasiga ham ega chiqdi. Bularning barchasi albatta jamoada yosh va talabchan murabbiyning imzosini ko‘rsatib turadi.

O‘zi umuman «Leypsig»ni bir qancha tanqidlarga qaramay o‘tgan yilgi formasini haliyam stabil ushlab kelmoqda deb bemalol aytish mumkin. Chempionlar ligasida bu klub bilan ortiqcha hazillashib bo‘lmasligini o‘tgan yili «Atletiko» misolida ko‘rgan edik. Hozirgi paytga kelib hisob qanday ko‘rinishda bo‘lmasin «Legpsig» - bu baribir o‘tgan mavsumning amaldagi yarimfinalchisi. Boshqa tomondan esa yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu safar «Liverpul»ning endi yo‘qotadigan narsasi qolmagan. Ularning kelasi mavsumdan ushbu musobaqada ishtirok etishiga hech kim kafolat bera olmaydi. Mana shu faktorlardan kelib chiqib ham bu bosqich balki «qizillar» uchun so‘nggi najot ilinji ham bo‘lib qolishi mumkin.

Taxminiy tarkib:  Gulachi — Mukiyele, Upamekano, Klostermann — Anxelinyo, Olmo, Kampl, Zabitser, Adams — Serlot, Nkunku.

Yo‘qotishlar: Soboslai, Laymer, Orban.

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:51, 10.03.2021.
O'qildi: 2716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.