Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Andijon» futbol klubi Meksika milliy terma jamoasida 1 ta o‘yin o‘tkazgan hujumchi bilan shartnoma imzoladi

«Andijon» futbol klubi Meksika milliy terma jamoasida 1 ta o‘yin o‘tkazgan hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

«Andijon» futbol klubi meksikalik hujumchi Marko Bueno transferini e’lon qildi. 26 yoshli futbolchi 2021 yilgi mavsumni «Andijon» safida o‘tkazadi.

Bueno Meksikaning «Pachuka» jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011 yilda futbolchi ijara asosida «Leon» jamoasiga o‘tadi.

2011 yilning yozida Marko «Pachuka» jamoasiga qaytadi va 9-oktyabr sanasida «Haguraes» jamoadi qarshi Meksika chempionatida debyut uchrashuvini o‘tkazadi. 2012 yilning 15 yanvar sanasida «Puebla» jamoasiga qarshi uchrashuvda Bueno o‘zining ilk golini kiritadi va ushbu o‘yinda dubl qayd etadi. Ushbu yilda Pablo Buenoga angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqib qoladi.

2014 yilning boshlarida o‘yin amaliyoti bo‘lishi uchun ijara asosida Bueno «Estudiantes» jamoasiga o‘tadi. Futbolchi ushbu jamoada 20 o‘yinda maydonga tushib 5ta gol urishga erishadi. Shundan so‘ng futbolchi «Toluka» jamoasiga ijaraga beriladi.

2016 yilda futbolchi sobiq jamoasi «Leon»ga qaytadi. Sundan so‘ng Marko Bueno 3 yil mobaynida «Gvadalarxa», «Monterrey», va chilining «Everton» jamoalarida ijara asosida to‘p surgan. Futbolchining so‘ngi jamoasi Finlyandiyaning «XIK» jamoasi hisoblanadi.

Marko Bueno Meksika terma jamoasining turli yoshdagi terma jamoalarida to‘p surgan. 2011 yilda Marko Bueno Meksika U-17 terma jamoasi bilan birgalikda jahon chempioniga aylangan.

2015 yilda Marko Bueno Meksika terma jamoasida «AQSH»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut uchrashuvini o‘tkazadi. Bueno ikkinchi bo‘limda Ektor Errerani o‘rniga maydonga tushadi. Ushbu yilda Meksika olimpiya terma jamoasi bilan Kanadada bo‘lib o‘tgan Panamerika kubogida kumush medallarini qo‘lga kiritgan.

2016 yildagi Rioda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida Meksika terma jamoasi bilan ishtirok etgan.

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 17:31, 11.03.2021.
O'qildi: 4595 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.