"Al-Sadd" bosh murabbiyi Xavi Ernandesning kelajagi hal bo‘lish arafasida, deb yozmoqda MD nashri.
Ispaniyalik murabbiy "Barselona"dan taklif kelib tushishini kutmoqda. Agar Kataloniya klubidan taklif kelib tushmasa, u Qatarda faoliyatini davom ettiraveradi.
Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar" sobiq futbolchisini murabbiylik kursisiga taklif qilish niyati bor. Lekin Laporta amaldagi murabbiy Kumanga yana bir mavsum imkoniyat bermoqchi.