Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

BAA Pro-Ligasi. O‘zbekistonlik futbolchilar harakat qilgan o‘yinda «Shabob ah-Ahli» g‘alaba qozondi, Hamdamovning «Hatta»si esa mag‘lub bo‘ldi

BAA Pro-Ligasi. O‘zbekistonlik futbolchilar harakat qilgan o‘yinda «Shabob ah-Ahli» g‘alaba qozondi, Hamdamovning «Hatta»si esa mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

BAA Pro-Ligasining 21-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 15 mart, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Shabob al-Alhi» jamoasi o‘z maydonida «Sharja»ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 28-daqiqada Karlos Eduardo penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Mazkur uchrashuvda «Sharja» tarkibida to‘p tepadigan Otabek Shukurov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. «Shabob al-Ahli» safida Jaloliddin Masharipov ham to‘liq o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, Odil Hamrobekov 85-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Mazkur g‘alabadan keyin «Shabob»ning ochkolari soni 37 taga yetib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Sharja» (40) 3-pog‘onada bormoqda.

«Hatta» esa mehmonda «Xor Fakkan»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 86-daqiqada Ramon Lopes tomonidan kiritildi. «Hatta» yarim himoyachisi Doston Hamdamov 90+3-daqiqada zaxiraga olindi.

«Hatta» 21-turdan keyin 8 ochko bilan musobaqa jadvalida so‘nggi, 14-pog‘onada bormoqda.

BAA Pro-Ligasi, 21-tur bahslari
15 mart, dushanba

«Shabob al-Ahli» — «Sharja» 1:0
Gol: 1:0 – 28 Karlos Eduardo.

«Xor Fakkan» — «Hatta» 1:0
Gol: 1:0 – 86 Ramon Lopes.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:40, 16.03.2021.
O'qildi: 4087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.