Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Andrey Fyodorov «Lokomotiv-Kazanka» bosh murabbiyiga aylandi

Andrey Fyodorov «Lokomotiv-Kazanka» bosh murabbiyiga aylandi

Baho:
+ | -

Toshkentning «Lokomotiv» klubi sobiq ustozi Andrey Fyodorov «Lokomotiv-Kazanka» bom murabbiyga aylandi.

Endilikda o‘zbekistonlik mutaxassis «Lokomotiv»ning farm-klubi hisoblangan «Kazanka»ni boshqaradi. Bu haqda «temiryo‘lchilar» matbuot xizmati ma’lum qildi.

Fyodorov ushbu lavozimda Ilshat Fayzullinning o‘rnini egallaydi. Avvalroq Fyodorov jamoada seleksioner murabbiy sifatida ishlayotgandi.

«Kazanka» ayni vaqtda Rossiyaning uchinchi divizioni hisoblangan PFLda harakat qiladi. 16-turdan keyin jamoa 16 jamoadan iborat guruhda 8-o‘rinda bormoqda.

Andrey Fyodorov — 1971 yilning 10 aprelida Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati mobaynida «Qo‘qon-1912» (sobiq «Avtomobilchi»), «Neftchi», «Alaniya», «Baltika» va «Rubin» klublarida to‘p surgan. Shuningdek, 1994—2006 yillar davomida O‘zbekiston terma jamoasida harakat qilgan.

Murabbiylik faoliyati davrida «Rubin», «Neftchi» va «Lokomotiv Toshkent»da ishlagan. Uning qo‘l ostidagi «Lokomotiv» 2018 yilda O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘lgan va 2019 yilda mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:00, 23.03.2021.
O'qildi: 3543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик