Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston terma jamoasi Ganani mag‘lub etdi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston terma jamoasi Ganani mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston va Gana terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini hozirgina yakuniga yetdi.

Jamoamiz uchrashuvni shiddat bilan boshlab, 5-daqiqadayoq Shukurovning goli evaziga hisobni ochdi. Shundan keyin ham Vadim Abramov shogirdlari hujum qilishda davom etishdi va tanaffusga qadar kamida 3ta gol urish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ammo Sayfiyev, O‘runov, Shomurodov vaziyatlarni golga aylantira olishmadi.

Gana esa ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida hisobni tenglashtirdi. Issahaku Abdul Fatavuning 25 metrlar chamasi uzoqlikdan yo‘llagan jarima zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza to‘ridan joy oldi - 1:1.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Masharipov raqib jarima maydoni yaqinida himoyachidan to‘pni olib qo‘ydi va yakkama-yakka vaziyatda to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, g‘alabamizni ta’minladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 26 mart, soat 18:00
O‘ZBEKISTON - GANA - 2:1 (1:0)
Gollar: Otabek Shukurov (5), Jaloliddin Masharipov (75) — Issahaku Abdul Fatavu (72)
O‘zbekiston: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Azim Ahmedov, Farrux Sayfiyev (Murod Xolmuhammedov 82), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Odil Hamrobekov (Islom To‘xtaxo‘jayev 88), Otabek Shukurov, Oston O‘runov (Javohir Siddiqov 69), Jaloliddin Masharipov (Hojimat Erkinov 86), Sardor Rashidov (Oybek Bozorov 59), Eldor Shomurodov (Igor Sergeev 84)
Gana: Jozef Addo, Konadu Yiadom, Kristofer Nettey, Muhammad Al-Hassan, Diavusiye Teylor (Daniel Afriye Varniye 63), Moro Salifu, Michel Otou (Perkious Voah 82), Rashid Nortey (Aygenim Boateng 65), Samuel Abbey Kuaye, Kvame Perrah, Issaxaku Abdul Fatavu

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:04, 26.03.2021.
O'qildi: 7014 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик