Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Pro ligada 4 murabbiy va 6 futbolchi oy laureati bo‘lishga da’vogar

Pro ligada 4 murabbiy va 6 futbolchi oy laureati bo‘lishga da’vogar

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2021 yildan boshlab Pro liganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazishni boshladi, deya xabar bermoqda tashkilot rasmiy sayti.

Ortda qolayotgan mart oyida Pro ligada dastlabki 2ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar:
Hakim Fuzaylov (“Dinamo”) – 2 ta o‘yin, 2 g‘alaba
Davron Fayziyev (“Buxoro”) – 2 ta o‘yin, 2 g‘alaba
Ilhom Mo‘minjonov (“Neftchi”) – 2 o‘yin, 1 g‘alaba, 1 durang
Temur Kapadze (“Olimpik”) – 2 o‘yin, 1 g‘alaba, 1 durang

Mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar:
Azamat Allaniyozov (“Orol”) – 2 o‘yin, 2 gol
Marko Obradovich (“Neftchi”) – 2 o‘yin, 2 gol
Navro‘zbek Alimov (“Orol”) – 2 o‘yin, 2 gol
Temur Mamasidiqov (“Olimpik”) – 2 o‘yin, 1 gol
Akbar To‘rayev (“Neftchi”) – 2 o‘yin, 2 quruq o‘yin
Sardor Eminov (“Dinamo”) – 2 o‘yin, 2 assist.

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Pro liga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etadi. Pro liganing 10 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi.

O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 17:54, 02.04.2021.
O'qildi: 2445 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик