Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Baxtiyor Ashurmatov: «Biz bugun muxlislarimiz oldida qarzdor bo‘lib qoldik»

Baxtiyor Ashurmatov: «Biz bugun muxlislarimiz oldida qarzdor bo‘lib qoldik»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 4-tur doirasidagi "Qo‘qon-1912" – "Bunyodkor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

"Bugungi o‘yinda ikkita jihat juda ranjitgan bo‘lsa, ikkita vaziyat qaysidir ma’noda xursand qildi. Bizga yoqmagan xolatlar, birinchisi o‘z maydonimizda katta ustunlikka ega bo‘lgan o‘yinimizda qimmatli ochkolarni yo‘qotganimiz bo‘lsa, ikkinchisi bizni qo‘llab turgan muxlislarimiz gol ko‘rishmagani bo‘ldi.

Quvontirgan jihatlar esa, “Bunyodkor”dek jamoalar Qo‘qonda durang qayd etganidan xursand bo‘lyapti. Jamoamiz hozir barcha jamoalarni o‘zlarini hurmat qilishga majbur qilisha olgani xursand qildi. Ikkinchisi, futbolchilarim o‘yinning oxirigacha g‘alaba uchun borini berib harakat qilishgani bo‘ldi. Shunday harakat qilinsa, baribir natija bo‘ladi. Biz uyda g‘alaba qozonishimiz kerak, shunda o‘zimizdan yuqorida turgan jamoalarga yetib olardik. Afsuski, bugun g‘alaba qozona olmadik. Lekin futbolchilarimga oxirigacha kurashganliklari uchun, maydondagi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Suhrob Berdiyevning tiklanish jarayonlari biz kutganimizdan ko‘ra ancha cho‘zilib ketdi. Hali mashg‘ulotlarga qo‘shilgani yo‘q. Taxminan bir oylardan keyin uning maydonga chiqishiga umid qilsak bo‘ladi.

Bugun zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytira olishdi. Malikjonov, Sidorov, Hojimirzayev biz kutgan o‘yinni namoyish qila olishdi. Biz bugun birinchi bo‘limda markazda to‘p nazoratini ko‘proq yo‘qotdik. Ikkinchi bo‘limda esa to‘liq o‘yin nazorati jamoamiz tomonida bo‘ldi.

Jamoamizdagi futbolchilar o‘tgan mavsumdagi va bu mavsumdagi o‘yinlari bilan har qanday jamoaga qarshi bemalol kurasha olishini ko‘rsatmoqda. Bitta meni qoniqtirmagan holat markazda dispetcher o‘yinchi yo‘qligi bo‘lyapti. Yakuba Bamba to‘p bilan muoamalasi yaxshi. Lekin uning o‘yini qovushmasa, zaxiramizda uning o‘rnini to‘ldiradigan futbolchi yo‘q. Qisqa qilib aytsam, Quvondiq Ro‘ziyevning o‘rnini bosadigan futbolchi topa olmadik. Dilshod Rahmatullayevni so‘nggi vaziyatda jamoamizga taklif qila olmay qoldik. Bamba tezroq biz kutgan o‘yinni namoyish qilsa, bizning o‘yinimiz yanada kuchayadi.

Biz "Paxtakor"dan boshqa barcha jamoalar bilan bemalol raqobatlasha olamiz. Tan olish kerak, hozirgi kunda “Paxtakor” yurtimizdagi eng kuchli jamoa. Men yigitlarimga ishonaman, bugun yo‘qotgan ochkolarimizni keyingi o‘yinlarda joyiga qo‘ya olishadi. Muxlislarimizga ham ishonaman, ular bizni hech qachon yolg‘izlatib qo‘yishmaydi. Biz bugun muxlislarimiz oldida qarzdor bo‘lib qoldik va albatta keyingi o‘yinlarda qarzimizni uzamiz.

Albatta Shuhrat Maqsudov yaxshi jamoa tuzgan. Jamoamiz nomidan “Bunyodkor” jamoasiga va Shuhrat Maqsudovga keyingi o‘yinlarda omad tilayman", — dedi Baxtiyor Ashurmatov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 21:53, 02.04.2021.
O'qildi: 1632 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.