Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Pochettino: «Levandovskining jarohati? Xuddi shunday holat avval ham bo‘lgan»

Pochettino: «Levandovskining jarohati? Xuddi shunday holat avval ham bo‘lgan»

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskining Chempionlar Ligasi chorak finalida ishtirok etmasligi PSJ uchun ustun emasligini ta’kidladi.

«Menda ajoyib misol bor. «Tottenxem» 2019 yilda birinchi o‘yinning birinchi qismida Chempionlar Ligasi chorak finalida «Manchester Siti»bilan o‘ynaganida, Xarri Keyn jarohat olgan edi.

Xuddi shu holat endi «Bavariya»da Levandovski bilan yuz bermoqda. O‘sha chorak finalda esa biz Keynsiz g‘alaba qozongan edik.

«Bavariya» faqat Levandovskiyga bog‘lanib qolmagan. Garchi u fantastik futbolchi bo‘lsa ham. Myunxenliklarning asosiy kuchi bu jamoaviy o‘yindir. Raqibimiz juda kuchli jamoa», - deydi argentinalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli hujumchi Polsha terma jamoasi safidagi o‘yinda jarohat olgan va Chempionlar Ligasi chorak finalining PSJga qarshi ikkala o‘yinida ham ishtirok eta olmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Levandovski joriy mavsum Bundesliganing 25 uchrashuvida 35 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: Le Parisien
Kiritildi: 10:14, 03.04.2021.
O'qildi: 5044 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.