Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 0-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

APL. «Liverpul» Londonda «Arsenal»ga imkoniyat qoldirmadi (videosharh)

APL. «Liverpul» Londonda «Arsenal»ga imkoniyat qoldirmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasining 30-turidan o‘rini olgan «Arsenal» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasida uchrashuv Londonda bo‘lib o‘tdi.

Bahsning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Tanaffusdan keyin esa londonliklar o‘z darvozasidan uchta to‘p olib chiqdi.

64-daqiqada zaxiradan maydonga tushganiga ko‘p bo‘lmagan Diogu Jota mersisaydliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan to‘rt daqiqa o‘tib Muhammad Saloh jamoasining ikkinchi to‘pini kiritdi. 82-daqiqada Jota dubl qayd etgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «qizillar» ochkolarini 49 taga yetkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Arsenal» (42) 9-pog‘onadan bormoqda.

APL, 30-tur
3 aprel, shanba
«Arsenal» — «Liverpul» 0:3
Gollar: 0:1 – 64 Diogu Jota, 0:2 – 68 Saloh, 0:3 – 82 Diogu Jota.
«Arsenal»: Leno, Tirni (Soaresh, 45), Gabriel, Chembers, Holding, Parti, Edegor, Sebalyos (an-Nenni, 58), Pepe, Lyakazett, Obameyang (Martinelli, 77).
«Liverpul»: Alisson, Kabak (Uilyams, 84), Robertson (Diogu Jota, 61), Fillips, Aleksander-Arnold, Fabinyo, Milner, Saloh, Tiago Alkantara, Mane, Firmino (Veynaldum, 78).
Ogohlantirish: Diogu Jota (73).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:33, 04.04.2021.
O'qildi: 5263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик