Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Dinamo» muxlislari Samarqanddan Xorazmga otlanishmoqda

«Dinamo» muxlislari Samarqanddan Xorazmga otlanishmoqda

Baho:
+ | -

Pro liga peshqadamlari safida borayotgan «Dinamo» jamoasi 5-tur doirasida Urganchda «Xorazm» jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Avval xabar berganimizdek, har o‘yinda «Dinamo»ning «12-o‘yinchisi» bo‘lishga intilayotgan samarqandlik ashaddiy va jonkuyar muxlislar borib-kelish masofasi qariyb 1400 kilometr masofani tashkil etishiga qaramay, odatdagidek o‘z hisoblaridan safarga – Xorazm tomon yo‘lga otlanmoqdalar.

Bugun, Samarqand – Xiva – Samarqand yo‘nalishida avtobus soat 21:00da «Dinamo» stadioni oldidagi fan klub manzili oldidan jo‘naydi. Muxlislar yetakchisi Shavkat Burhonovning xabar berishicha, chipta narxi 200 ming so‘m bo‘lgan 50 kishilik avtobusdagi barcha joylar muxlislar tomonidan band qilib bo‘lingan va joy qolmagan. Avtobusda boradigan muxlislarga syurpriz tayyorlab qo‘yilgan. Muxlislar soat 20:00da to‘planib, avtobus soat 21:00da Xorazmga jo‘nab ketadi.

Shuningdek, yana o‘nlab muxlislar shanba kuni Samarqand – Urganch – Samarqand aviareysi bilan «Xorazm» - «Dinamo» o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun samolyotda jo‘nab ketishadi.

Ma’lumot uchun, «Xorazm» - «Dinamo» uchrashuvi 10 aprel, shanba kuni soat 17:00da Urganchda boshlanadi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 07:42, 10.04.2021.
O'qildi: 1997 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик