Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pro liga. «Aral samali» - «Neftchi» (prevyu)

Pro liga. «Aral samali» - «Neftchi» (prevyu)

Baho:
+ | -

"Neftchi"ning  12 aprel sanasidagi raqibi "Aral Samali" klubiga  1976 yilda asos solingan. Dastlab "Amudaryo" nomi bilan harakatlangan jamoa, 1992 yilda yangi tashkil etilgan O‘zbekiston chempionati bahslarida "Aral" nomi bilan o‘z yurishini davom ettirgan. Aytib o‘tish joizki, sobiq ittifoq davridan boshlab  hozirgi kungacha Qoraqalpog‘iston jamoasining nomi bir necha marta o‘zgartirilgan bo‘lib, 2000 yilda "Turon", 2007-11 yillarda "Jayhun", 2012-19 yillarda "Aral" va o‘tgan 2020 yildan boshlab "Aral Samali" nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.

O‘zbekiston chempionati doirasida "Neftchi" futbol klubi Qoraqalpog‘iston jamoasi bilan faqat Oliy liga birinchiligida o‘zaro 10ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, barchasida g‘alaba qozongan. Umumiy to‘plar nisbati — 30-4.

Quyida jamoalarning milliy chempionatimizdagi qayd etgan natijalarini ko‘rsatib o‘tamiz.

20.04.1992 "Neftchi"-"Aral" 1:0
07.10.1992 "Aral"-"Neftchi" 0:3
27.03.1993 "Aral"-"Neftchi" 2:3
29.10.1993 "Neftchi"-"Aral" 4:0
27.03.1994 "Aral"-"Neftchi" 1:3
20.11.1994 "Neftchi"-"Aral" 5:1
10.05.2000 "Turon"-"Neftchi"0:1
12.09.2000 "Neftchi"-"Turon"5:0
13.03.2001 "Turon"-"Neftchi"0:2
24.11.2001 "Neftchi"-"Turon"3:0

"Neftchi" matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 23:48, 11.04.2021.
O'qildi: 2517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик