Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Farg‘onaning «Istiqlol» klubi Pro-Ligadagi ishtirokini davom ettira olmasligini ma’lum qildi

Farg‘onaning «Istiqlol» klubi Pro-Ligadagi ishtirokini davom ettira olmasligini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Farg‘onaning «Istiqlol» klubi Pro-Ligadagi ishtirokini davom ettira olmasligi haqida PFLga bildirishnoma bilan chiqdi. Bu haqda PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev ma’lum qildi.

«Istiqlol» futbol klubi jamoada yuzaga kelgan ichki vaziyat hamda iqtisodiy masalalar tufayli Pro-Liga musobaqasini davom ettira olmasligi yuzasidan xat berdi. Klub 2022 yilgi mavsumni Birinchi ligada o‘tkazish istagi bor ekani haqida ham yozgan.

Mazkur masala tegishli instansiya orqali tasdiqlangach, Reglamentning 8.9-bandiga asosan «Istiqlol» klubining joriy mavsumdagi o‘yinlari natijasi bekor qilinadi. Bungacha klub 4 ta uchrashuvda ishtirok etib, ularning barchasida imkoniyatni boy bergandi: «Xorazm» (1:2), «Dinamo» (1:2), «Neftchi» (0:2), «Oqtepa» (1:3).

«Istiqlol» 2020 yilgi mavsumda ham shunday xat bilan murojaat qilgan, sabab o‘rnida esa «Istiqlol» stadionidan foydalana olmayotganini ko‘rsatgandi. Keyinroq PFL va Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorlikda bu masalani hal qilgandi.

«Istiqlol»ning rasman musobaqadan olinishi bo‘yicha tegishli tartibot amalga oshgach, bu haqda tashkilot rasmiy saytida rasman ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, «Istiqlol» Pro-Liga 2020 yilgi mavsumida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:00, 12.04.2021.
O'qildi: 4230 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик