Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

«Bunyodkor» Ramazonda xayrli ishga qo‘l urdi

«Bunyodkor» Ramazonda xayrli ishga qo‘l urdi

Baho:
+ | -

Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan «Bunyodkor» futbol klubi xayrli ishga qo‘l urdi.

Bugun Toshkent shahrida faoliyat yuritadigan 21, 22, 23 va 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida mini turnir tashkil etildi. To‘rtta mehribonlik uyi jamoasi ikki guruhga ajratildi. Har bir guruhga «Bunyodkor»ning bittadan jamoasi konkursdan tashqari sharti bilan qo‘shildi. «A» guruhida 21 va 23-sonli Mehribonlik uyi jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bordi. «Bunyodkor-A» ularga sparring raqib vazifasini o‘tab berdi. 23-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ikkala o‘yinda ham raqiblarini yirik hisobda mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin «qaldirg‘ochlar»dan ustun kelgan 21-son Mehribonlik uyi jamoasiga nasib qildi va ular 3-o‘rin uchun maydonga chiqadigan bo‘ldi.

«B» guruhida 22 va 30-sonli Mehribonlik uyi jamoalari o‘zaro hisob-kitob qildi. Ularga «Bunyodkor-B» sparring raqib bo‘ldi. Aytish kerak, o‘yinlar natijasiga ko‘ra, tarbiyalanuvchilarimiz guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan edi, ammo ta’kidlaganimizdek, «qaldirg‘ochlar» turnirda konkursdan tashqari qatnashgani sababli 3-o‘rin uchun maydonga 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari chiqdi. Birinchi o‘rinni har ikkala bahsda g‘alaba qozongan 22-sonli Mehribonlik uyi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Hal qiluvchi bahslar gollar shousiga aylanib ketdi. Har ikkala bahsda ham darvozalar besh martadan ishg‘ol etildi. Uchinchi o‘rin bo‘lgan bellashuvda 2:3 hisobi qayd etilib, o‘z guruhida uchinchi bo‘lgan 30-sonli maktab tarbiyalanuvchilari turnirda ham uchinchi bo‘lishdi va bronza medallarni qo‘lga kiritdi. Finalda yirik hisob qayd etildi. «B» guruhida umuman gol o‘tkazmay, raqiblar darvozasini 13 marta ishg‘ol qilgan 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari finalda yagona golini o‘tkazdi, lekin hisob – 4:1.

Shu tariqa Mehribonlik uyi jamoalari o‘rtasidagi mini musobaqa yakuniga yetdi. Tadbir yakunida «Bunyodkor» futbol klubi tomonidan ajratilgan sovg‘alar, kubok va medallar egalariga topshirildi. «Bunyodkor» futbol klubi ko‘ngli yarim bolalarni ko‘nglini ko‘tarish, ularga ruhan dalda bo‘lish yo‘lidagi xayrli ishlarni davomli qilishdan to‘xtamaydi.

MINI TURNIR
«A» guruhi

№ 21 - № 23 – 1:5
№ 21 – «Bunyodkor-A» - 4:2
№ 23 – «Bunyodkor-A» - 7:2

«B» guruhi
№ 22 - № 30 – 7:0
№ 22 – «Bunyodkor-B» - 6:0
№ 30 – «Bunyodkor-B» - 6:5

3-o‘rin uchun
№ 21 - № 30 – 2:3

FINAL
№ 22 - № 23 – 4:1

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 20:30, 14.04.2021.
O'qildi: 2656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.